Aprel“ (ruscha: Апрель) — „Kino“ sovet rok musiqa guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning 1989-yil eʼlon qilingan „Zvezda po imeni solnse“ studiyaviy albomiga toʻqqizinchi trek oʻlaroq kiritilgan. Qoshiq matnini ham, kuyini ham guruh solisti Viktor Soy yozgan.

„Aprel“
„Kino“ qoʻshigʻi
„Zvezda po imeni solnse“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 1989
Yozib olingan 1989
Janr post-pank
folk rok
Davomiyligi 4:41
Leybl General Records
Matn muallif(lar)i Viktor Soy
Bastakor(lar) Viktor Soy
„Zvezda po imeni solnse“ xronologiyasi
„Pechal“ Aprel

Qoʻshiq matni afsonaviy obrazlar bilan yoʻgʻrilgan boʻlib, taronani folk-rok janriga kiritish mumkin. Soy qoʻshiqni studiyada yozib olish davomida oʻzi mustaqil ijro etgan. „Radio Rossiya“ radiokanalida efirga uzatiladigan „Letopis“ dasturida Soyga guruh barabanchisi Georgiy Guryanov joʻr boʻlib kuylagani aytilgan.

Guruh konsertlarida ushbu tarona biror marta ijro etilmagan. Qoʻshiqning akustik versiya ham mavjud boʻlib, u „Beliy albom“ albomiga kiritilgan.

„Aprel“ qoʻshigʻi „Zvezda po imeni solnse“ albomiga kiritilgan boshqa taronalardan farqli oʻlaroq gʻarb mamlakatlarida ommalashgan janrlarda emas, balki rus xalq ashulalariga, xususan, „Chyorniy voron“ qoʻshigʻiga xos uslubda bastalangan.[1] Keyinchalik guruh ushbu uslubda „Kukushga“ qoʻshigʻini yozgan.

Albomning soʻnggi taronasi hisoblanuvchi „Aprel“ taronasida lirik jihatdan jahondagi sovuq disgarmoniya tasviridan boshlanadi. Buning ortidan qoʻshiq qahramoni hamda aprel oyi nobud boʻladi va qaytadan hayotga qaytadi. „Aprel“ qoʻshigʻi butun albom boʻylab qoʻshiqlarning lirik qahramoni izlagan dunyoviy garmoniya qayta tiklanishi bilan yakunlanadi.[2]

Ayrim tahlilchilar qoʻshiqda nasroniylik gʻoyalari borligini xulosa qilgan. Xususan, ashulada Iso Masih haqida soʻz boradi, degan fikr mavjud. Shuningdek, ayrim tahlilchilar „Aprel“ qoʻshigʻi Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasining soʻnggi bosh kotibi Mixail Gorbashyovga bagʻishlangan, deb hisoblaydi.

Manbalar

tahrir
  1. Барабанов, Борис „Узкий круг для широкого пользования“ (ruscha). «Коммерсантъ» (22-iyun 2012-yil). Qaraldi: 12-avgust 2022-yil.
  2. Доманский, Ю. (2000). „Циклизация в русском роке“. Русская рок-поэзия: текст и контекст. (ruscha). № 3. 99–123-bet.

Havolalar

tahrir
Ushbu maqolani tinglang (3 daqiqa)
noicon
 
Bu audiofayl ushbu maqolaning 12-avgust, 2022-yil(2022-08-12) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.