AravonsoyAndijon viloyatidagi soy. Qirgʻiziston hududidagi Qizilqoʻrgʻon va Otyaylov tizmalaridan boshlanadi. Uz. 90 km. Togʻ oraliklarida tor va chuqur daralardan oqadi. Qor va muzdan suv oladi. Suv yigʻadigan havza maydoni 464 km². Havzasida 18 kichik muzlik bor. Oʻrtacha yillik suv sarfi 7 m³/sek. Yillik suv sarfining qariyb 1/3 qismi yer osti suviga toʻgʻri keladi. Mart – sentabrda sersuv. Vegetatsiya davrida qariyb 80% suv sugʻorishga sarf boʻladi. A. Asaka tumani yerlarini sugʻoradi, muz-lamaydi. A.ning quyi oqimi sohilida Aravon shaharchasi joylashgan.

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil