Araymantov
Araymantov — (qoz. Ерейментау, ەرەيمەنتاۋ) Oqmoʻla viloyatidagi shahar , Araymantov tumanining maʼmuriy markazi (1955-yildan buyon), temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 11,724 kishi (2010). Poydevori 1948-yili Oqmoʻla (hozirgi Astana) — Pavlodar (1953) va Araymantov — Aysari (1965) temir yoʻllarini barpo etish maqsadida qurilgan. 1951-yil qishloqqa, 1965-yili shaharga aylanib, tez rivojlana boshladi.
Araymantov qoz. Ерейментау | |
---|---|
shahar | |
51°37′0″N 73°06′0″E / 51.61667°N 73.10000°E | |
Mamlakat | Qozogʻiston |
viloyat | Oqmoʻla viloyati |
{{{tuman_turi}}} | Araymantov tumani |
Hukumat | |
Asos solingan | 1965 |
Iqlim turi | keskin kontinental |
Aholisi (2010) |
11 724[1] |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Telefon kodi | +7 71633[2] |
Pochta indeks(lar)i | 020800[3] |
Avtomobil kodi | C, 03 |
|
Ijtimoiy soha
tahrirShaharda temir-beton buyumlari, ohaktosh zavodlari, temir yoʻl va avtomabil mahkamalari, bosmaxona, 4 ta oʻrta va 2 ta asosiy maktab va musiqa, sport maktablari, temiryoʻlchilarnng madaniyat saroyi, bolalar madaniyat uyi, madaniyat-sport majmuasi, kinoteatr, tuman aloqa tarmogʻi, shifoxona, 2 kasalxona, dorixona, san.-epidemiol. st. bor. Araymantov orqali respublika ahamiyatiga ega Astana — Pavlodar avtomobil yoʻli oʻtadi.
Geografiyasi
tahrirViloyat markazi sanalmish Koʻkshetov shahridan janubi-sharqqa tomon 440 km, Araymantov togʻining shimoli-gʻarb tarafida joylashgan. Araymantov — Sariarqaning shimolidagi togʻli-oʻrmonli hudud. Oqmoʻla va Qaragʻandi viloyatlarining chegarasida joylashgan. Absolyut balandligi 901 m (Aqdіn togʻi).
Iqlimi
tahrirIqlimi keskin kontinental. Qihsi sovuq, qorning oʻrtacha qalinligi (20 sm). Yanvar oyining oʻrtacha harorati −17 °C, iyulda 20 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori 280 – 330 mm.