Arkadiy Dvorkovich
Dvorkovich Arkadiy Vladimirovich (1972-yil 26-martda Moskvada tugʻilgan) — rossiyalik davlat arbobi va iqtisodchisi. Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) prezidenti[1] (2018-yil 3-oktyabrdan). „Rosselxozbank“ OAJ Kuzatuv kengashi raisi (2017-yil 1-sentyabrdan).
Dvorkovich Arkadiy Vladimirovich | |
---|---|
ruscha: Дворкович Аркадий Владимирович | |
FIDE prezidenti | |
Mansab davri 3-oktyabr 2018-yil – hozirgacha | |
Oʻtmishdoshi | Kirsan Illyumjinov |
Rosselxozbank kuzatuvchilar kengashi raisi | |
Mansab davri 1-sentyabr 2017-yil | |
Oʻtmishdoshi | Aleksandr Tkachyov |
«RJD» OAJ direktorlar kengashi raisi | |
Mansab davri 22-iyun 2015-yil – 30-iyun 2018-yil | |
Oʻtmishdoshi | Kirill Androsov |
Vorisi | Maksim Akimov |
RF hukumat raisi oʻrinbosari | |
Mansab davri 21-may 2012-yil – 18-may 2018-yil | |
Hukumat boshligʻi | Dmitriy Medvedev |
Prezident | Vladimir Putin |
Oʻtmishdoshi | Igor Sechin |
Vorisi | Aleksey Gordeyev |
RF prezidenti yordamchisi | |
Mansab davri 13-may 2008-yil – 21-may 2012-yil | |
Prezident |
Dmitriy Medvedev Vladimir Putin |
Vorisi | Kostantin Chuychenko |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
26-mart 1972-yil Moskva, SSSR |
Fuqaroligi | → |
Millati | rus |
Siyosiy partiyasi | Partiyasiz |
Turmush oʻrtogʻi | Zumrud Rustamova |
Onasi | Galina Dvorkovich |
Otasi | Vladimir Dvorkovich |
Taʼlim | MDU, RIM, Dyuk Universiteti |
Mukofotlari |
|
Rossiya Federatsiyasi Bosh vazirining oʻrinbosari (2012-yil 21-maydan 2018-yil 18-maygacha), Rossiya temir yoʻllari («RJD» OAJ) direktorlar kengashi raisi (2015–2018), Rossiya Federatsiyasi Prezidentining yordamchisi (2008-yil 13-maydan 2012-yil 21-maygacha) boʻlib ishlagan.
Dvorkovich 2018-yilda Rossiya hukumati bosh vaziri oʻrinbosari lavozimidan isteʼfoga chiqqanidan soʻng, bir qator shov-shuvli voqealarning bosh figurantiga aylandi va matbuotda u haqda keng muhokamalar qilindi.
Biografiyasi
tahrir1972-yil 26-martda Moskvada xalqaro shaxmat hakami Vladimir Yakovlevich Dvorkovich (1937–2005) va Galina Lvovna Dvorkovich oilasida tugʻilgan[2].
Moskva shahridagi matematika va amaliy matematika yo‘nalishini chuqurlashtirib oʻrgatuvchi 444-sonli o‘rta maktabni tugatgan. MDUning Iqtisodiyot fakultetini tamomlagan. M. V. Lomonosov nomidagi MDUning Iqtisodiy kibernetika fakultetini (1994) va shu bilan bir vaqtda Rossiya Iqtisodiyot maktabini iqtisod magistri sifatida tamomlagan (1994). Dyuk universitetining (Shimoliy Karolina, AQSh) iqtisod magistri darajasiga ega (1997)[3]. U Moskva davlat universitetida boʻlajak tadbirkor Ziyovuddin Magomedov [4] bilan birga oʻqigan va u bilan ASU yotoqxonasida bir xonada yashagan.
Ekspertlik ishi
tahrir1994-yildan boshlab Rossiya Moliya vazirligining Makroiqtisodiy siyosat departamenti bilan bogʻliq bir qator odamlarni birlashtirgan «Iqtisodiy ekspertlar guruhi» YoAJning maslahatchisi, katta eksperti, bosh direktori, ilmiy direktori boʻlib ishlagan[5]. Byudjet daromadlarini prognozlash bilan shugʻullangan, XVF bilan muzokaralarda ishtirok etgan.
2000-yildan boshlab German Gref qoʻl ostida „Strategik Tadqiqotlar Markazi“ (STM) eksperti boʻlib ishlab, u yerda byudjet va soliq siyosatini ishlab chiqishda ishtirok etgan. 2000-yil mart oyida u Yegor Gaydar va Yevgeniy Yasin tomonidan „Liberal Missiya“ jamgʻarmasi tomonidan tayyorlangan „XXI asrning birinchi oʻn yilligida Rossiyaning iqtisodiy strategiyasi“ning[6] (Yevgeniy Yasin, Sergey Aleksashenko va Yevgeniy Gavrilenkov bilan birgalikda) hammuallifi boʻldi[6]. Ushbu ishning ayrim qoidalari Strategik tadqiqotlar markazida tayyorlangan hukumat dasturiga oʻtkazildi. „Kommersant“ gazetasining yozishicha, Dvorkovich ishtirok etgan ushbu dastur Aleksey Ulyukaev, Sergey Sinelnikov, Mixail Dmitriev, Oleg Vyugin, Mixail Krasnov [7] tomonidan „qatʼiy maxfiylik“ asosida tayyorlangan. XVJ rasmiylari „Chikago maktabi“ uslubida yozilgan ushbu dasturni XVJ rahbarlari kuzatib borishgan[7]. Dvorkovich dasturning soliqqa oid qismi uchun masʼul edi[7].
Davlat xizmati
tahrir2000-yil avgustdan boshlab Rossiya Federatsiyasi Iqtisodiy rivojlanish va savdo vaziri German Grefning maslahatchisi boʻlib ishladi. 2001-yil 26-martda kuni hukumat rahbari Mixail Kasyanovning buyrugʻi bilan Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlanish va savdo vazirining oʻrinbosari etib tayinlandi. U shu kuni 29 yoshga toʻlgan edi. U 13 foizlik daromad soligʻi miqdoridagi tekis shkalasini joriy etish bilan soliq islohotlarni ishlab chiqqanlardan biri edi[8].
2004-yil apreldan boshlab Rossiya Prezidentining Ekspertlar boʻlimi boshligʻi, 2004-yil 2-sentyabrdan esa „Uy-joy ipoteka krediti agentligi“ OAJ Kuzatuv kengashi raisi etib tayinlandi.
2008-yil 13-maydan — Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Dmitriy Medvedevning yordamchisi, 19-maydan boshlab Rossiya Prezidentining bir guruh yetakchi sanoat davlatlari ishlari va Katta Sakkizlikka aʼzo boʻlgan mamlakatlar (G8) vakillari bilan aloqalar boʻyicha vakili etib tayinlandi.
2009-yil 31-dekabrda Prezident Medvedevning buyrugʻi bilan tadqiqot va ishlanmalarni rivojlantirish va ularning natijalarini tijoratlashtirish uchun hududiy jihatdan alohida kompleks yaratish loyihasini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruhi tarkibiga kiritildi.
2010-yildan Dvorkovich Skolkovo jamgʻarmasi vasiylik kengashi aʼzosi hisoblanadi[9].
2011-yil sentyabr oyida Putinning prezidentlik saylovlarida qatnashish qarori haqida oʻzining twitterida salbiy tvit yozdi[10][11]. 2010-yilda Dvorkovich, BBCga bergan interyusida U Medvedev „ikkinchi muddatga qolishni istayotgani“ haqida fikr bildiradi[10][12]. Rossiya iqtisodiyotini modernizatsiya qilish va texnologik rivojlantirish komissiyasining kotibi ham boʻlgan.
2012-yil 21-mayda Dvorkovich Rossiya Federatsiyasi Bosh vazirining oʻrinbosari etib tayinlandi (yoqilgʻi-energetika kompleksini boshqargan). 4-iyuldan esa oziq-ovqat bozorlari monitoringi bo‘yicha hukumat komissiyasi raisi etib tayinlandi[13].
2015-yil 22-iyunda Dvorkovich „Rossiya temir yoʻllari“ direktorlar kengashi raisi etib tayinlanadi. 2018-yil iyun oyida Rossiya hukumatidagi lavozimidan boʻshatilganligi sababli bu lavozimni ham tark etadi. Uning mutaxassislar tomonidan temir yoʻl sohasi boʻyicha mutaxassis emasligi va tegishli maʼlumotga ega boʻlmagan holda ushbu sohada rahbarlik qilishi «yetarli darajada malakali va samarali emas» deb baholangan. Xususan, uzoq muddat davomida Rossiya boʻylab yuklarni, shu jumladan strategik yuklarni tashish uchun vagonlarning surunkali ravishda yetishmasligi, Moskva-Qozon tezyurar temir yoʻl liniyasini qurish boʻyicha davlat rejalarining buzilishiga sababchi sifatida tanqid qilingan.
2018-yil 24-yanvarda Bloomberg telekanalida shunday degan edi:
Menimcha, bizda oligarxlar yoʻq, bu 1990-yillarning kontseptsiyasi edi. Hozir bizda mehnatkash, ijtimoiy jihatdan mas’uliyatli, el-yurtga g‘amxo‘rlik qiluvchi va mas’uliyatli biznes bilan shug‘ullanib pul topayotgan yaxshi ishbilarmonlarimiz bor[14]
— A. Dvarkovich.
2018-yilning 25-yanvarida Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida Rossiyaning SWIFT banklararo tizimidan uzilishi ehtimolini izohlar ekan, u shunday dedi:
Bir paytlar SWIFT yo‘q edi, SWIFTsiz ishlash mumkin edi. Bularning barchasi biroz sekinroq va unchalik samarali emasligi aniq, lekin u ishlashi mumkin[15].
— A. Dvorkovich.
2018-yil may oyida Putinning prezidentlik inauguratsiyasidan so‘ng Dvorkovich yangi hukumat tarkibiga kiritilmadi, shuningdek, bosh vazir o‘rinbosari sifatida ishlagan paytidagi ko‘plab lavozimlarini ham tark etdi. Rossiya temir yoʻllari direktorlar kengashi raisi boʻlishni toʻxtatishiga qaramay, Dvorkovich, direktorlar kengashi aʼzosi, kadrlar va mukofot pullari qoʻmitasining raisi boʻlib qoldi[16].
Boshqa tashkilotlardagi lavozimlar
tahrir2006-yildan Rossiya futbol ittifoqi boshqaruvi aʼzosi, Rossiya futbolini rivojlantirish dasturlari rahbari.
2007-yildan — Rossiya shaxmat federatsiyasining (RShF) birinchi vitse-prezidenti, RShFda bolalar shaxmatini rivojlantirish, Rossiyada shaxmatni rivojlantirish uchun moliyaviy yordamni ragʻbatlantirish va yaxshilashni nazorat qildi. 2009-yilda Dmitriy Medvedev davlat lavozimlari va sport federatsiyalaridagi lavozimlarni birlashtirishga qarshi chiqqanida, u isteʼfoga chiqdi[17]. 2010-yilda u RShF Kuzatuv kengashi raisi etib saylandi[18].
2010-2014-yillarda — Rossiya shaxmat federatsiyasi Kuzatuv kengashi raisi[19].
2015-yil iyul oyidan buyon Dvorkovich Rossiya Iqtisodiyot maktabi direktorlar kengashi raisi[20].
2017-yil 1-sentyabrdan boshlab „Rosselxozbank“ OAJ Kuzatuv kengashining raisi boʻldi[21]. U ushbu lavozimda Aleksandr Tkachev oʻrnini egalladi.
2020-yil martgacha Rossiya temir yoʻllari direktorlar kengashi aʼzosi, kadrlar va mukofot pullari qoʻmitasi raisi[16][22][23].
Isteʼfoga chiqqach
tahrir2018-yil 18-mayda Rossiya Federatsiyasi Bosh vazirining oʻrinbosari davlat lavozimini tark etgach, Dvorkovich Skolkovo jamgʻarmasi hamraisi etib saylandi[24].
2022-yil mart oyida Amerikaning „Mother Jones“ jurnaliga bergan intervyusida u Rossiyaning Ukrainaga harbiy bosqinini tanqid qildi, mojaroni tinch yoʻl bilan hal qilishni yoqladi va Rossiyaga qarshi joriy etilgan sanksiyalarni „qaxshatkich, ammo maʼnosiz“ deb atadi[25]. Koʻp oʻtmay, „Yedinaya Rossiya“ (ruscha: Единая Россия) Bosh kengashi kotibi Andrey Turchak uni „milliy xoin“ deb atadi va uni Skolkovodan ishdan boʻshatish bilan tahdid qildi[26]. Turchakning ushbu bayonotlaridan bir kun oʻtib, Dvorkovich „Skolkovo“ („Skolkovo“) jamgʻarmasi raisi lavozimini tark etishga qaror qildi[27].
FIDE prezidenti
tahrir2018-yil 3-oktyabrda Dvorkovich Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) prezidenti etib saylandi[1].
Qayta saylanishi
tahrir2022-yil 7-avgustda Hindstonning Chennay shahrida Xalqaro shaxmat fediratsiyasining (FIDE) Bosh assambleyasida federatsiya prezidentligiga boʻlib oʻtgan saylovlarda qayta saylandi[28].
Dastlab ushbu lavozim uchun uchta nomzod: tashkilotning amaldagi rahbari Arkadiy Dvorkovich (Rossiya), grossmeyster Andrey Baryshpolets (Ukraina) va FIDE birinchi vitse-prezidenti, grossmeyster Bashar Kouatly (Fransiya) kurash olib borishdi. Ovoz berishdan oldin Bachar Kouatly delegatlar uni yetarlicha qo‘llab-quvvatlamaganini aytib, o‘zining nomzodini qaytarib oldi. Shunday qilib, saylov byulletenida faqat ikkitagina nomzod qoldi.
FIDE nizomiga ko‘ra, yangi prezident to‘g‘ridan-to‘g‘ri yashirin ovoz berish yo‘li bilan to‘rt yil muddatga saylanishi koʻrsatib oʻtilgan. Har bir aʼzo davlat bitta ovozga ega boʻlib, birinchi turda gʻalaba qozonish uchun 50 % dan ortiq ovoz toʻplash kerak boʻladi.
Markaziy osiyo Davaltlaridan delegat sifatida: Oʻzbekistondan Husan Turdialiev, Qozoqistondan Galim Husayinov, Qirgʻizistondan Bobur Tolbaev, Tojikistondan Hurshid Vatanov, Turkmanistondan Vepa Malikguliyev qatnashishdi. Rossiyalik delegat sifatida Rossiya yoshlar terma jamoasi katta murabbiyi, grossmeyster Mixail Kobaliya ishtirok etdi[29].
Bosh Assambleyada 179 delegat ishtirok etdi. Amaldagi prezident Arkadiy Dvorkovich rekord darajadagi qoʻllab-quvvatlovga erishdi. Unga 157 delagat ovoz berdi va u FIDE prezidenti lavozimiga qayta saylandi. Sobiq jahon chempioni Viswanathan Anand (Hindiston) birinchi vitse-prezident lavozimiga saylandi[30]. Ovoz berish natijalari eʼlon qilingandan so‘ng u shunday dedi:
Qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun barchaga katta rahmat. Men jamoam aʼzolariga va shu vaqt ichida bizga yordam bergan barcha insonlarga rahmat aytmoqchiman. Men har bir ovozni va biz FIDE uchun ishlab chiqqan va biz o‘tgan yillar davomida sinab ko‘rgan va amalga oshirishga harakat qilayotgan ijobiy dasturga ovoz berganingizni qadrlayman. Kelgusi toʻrt yil davomida har biringiz bilan hamkorlik qilishni orziqib kutamiz. Sizlar uchun bir jamoa va bir oila bo‘lib mehnat qilish men uchun katta sharaf va baxtdir. Rahmat.
— Dvorkovich
Rossiya shaxmat federatsiyasi prezidenti Andrey Filatov Arkadiy Dvorkovichni yangi muddatga saylangani bilan tabrikladi:
Arkadiy Dvorkovich va uning jamoasini shunday ishonchli g‘alaba bilan tabriklaymiz! Bunday salmoqli ko‘pchilik — uning raqibiga 16ga qarshi 157 ovoz — Rossiya yakkalanib qolmaganidan dalolat beradi. Butun jamoaga, xususan, Mark Gluxovskiy va Mixail Kobaliyaga saylovoldi muvaffaqiyatli faoliyati va nomzodimizni qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildiraman.
— Andrey Filatov
Janjallar
tahrir2016-yil noyabr oyida Bosh vazir oʻrinbosari boʻlgan Dvorkovich FXX (ФСБ) tomonidan Ulyukaev ishi boʻyicha „Rosneft“ kompaniyasi rahbari Igor Sechindan katta miqdorda pora olishga tama qilish boʻyicha tergov ostida boʻlgan yuqori martabali federal amaldorlar orasida tilga olindi[31][32].
2018-yil noyabr oyida Bosh vazir oʻrinbosari Dvorkovichning uzoq yillik yordamchisi boʻlgan Anastasiya Alekseeva Rossiya hukumati apparatidagi ichki maʼlumotlar, vazirlar va bosh vazir oʻrinbosarlarining rasmiy yozishmalarini ruxsatsiz jurnalistlarga oshkor qilgani uchun ishdan boʻshatilgani maʼlum boʻldi. Ushbu janjalga sabab boʻlgan materiallar jinoyat ishi qo‘zg‘atish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirildi. Dvarkovich 2020-yilda pora olgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan[33][34].
2019-yil fevral oyida Rossiya ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan RBK-TV biznes telekanalida bir video eʼlon qilinadi. Unda xususiy samolyot bortida boʻlgan Dvorkovich qoʻlida stakan bilan mast holatda sobiq qishloq xoʻjaligi vaziri Aleksandr Tkachev, D.A Medvedevning sobiq matbuot kotibi Natalya Timakova, Rossiya Federatsiyasi Bosh vazirining protokoli sobiq rahbari Marina Entaltseva bilan raqsga tushgani aks etgan edi. Bayram ishtirokchilari qadaxlarini koʻtarib, Nadejda Kadyeshevaning repertuaridagi "Ax, sudba moya, sudba!" (ruscha: «Ах, судьба моя, судьба!», „Oh, taqdirim, taqdirim!“) qoʻshigʻini kuylashadi. Dvorkovichning maʼqullagan hayqiriqlariga Tkachev qadax soʻzi aytadi: „Agrar lobbi uchun!“ Nashr qilingan maʼlumotlarga koʻra, video 2018-yilning bahorida, Rossiya Federatsiyasi hukumatining yangi tarkibi tasdiqlanishidan bir oz oldin tasvirga olingan. Bu video nima sababdan Dvorkovich Bosh vazir oʻrinbosari lavozimidan, Tkachev esa Qishloq xoʻjaligi vaziri lavozimidan ayrilganini tushuntirib beradi[35].
Mulki va daromadi
tahrirRasmiy maʼlumotlarga koʻra, Dvorkovichning 2011-yildagi daromadi 4 million rublni, xotinining daromadi esa 42,21 million rublni tashkil etgan. 2015-yilda uning xotini 141,4 million rubl ishlab topgan[36]. Dvorkovich rafiqasi bilan birgalikda umumiy maydoni 87 gektar boʻlgan 2 ta yer uchastkasi, turar-joy binosi, ikkita kvartira, avtoturargoh va ikkita Lexus avtomobiliga ega[37].
Mukofotlari
tahrir- «Shon-sharaf» ordeni (2010-yil)[38];
- II darajali «Vatan oldidagi xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlangan;
- «Qozonning 1000 yilligi xotirasiga» medali;
- «Italiya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun» ordeni (Italiya, 2009-yil 10-oktyabr)
- «Xalqlar doʻstligi» ordeni (Belarus, 2015-yil 26-fevral) — Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi toʻgʻrisidagi shartnomani tayyorlashga, integratsiya jarayonlarini rivojlantirish va kengaytirishga, Belarus Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi va Qozogʻiston Respublikasioʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga qoʻshgan katta shaxsiy hissasi uchun[39];
- 1-darajali «Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqini yaratishga qoʻshgan hissasi uchun» medali (2015-yil 13-may, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi Oliy Kengashi)[40].
Oilasi
tahrir- Dvorkovich Vladimir Yakovlevich (1937-2005) — otasi, xalqaro shaxmat hakami, Rossiya shaxmat federatsiyasi hakamlar hay’ati raisi, koʻp yillar davomida jahon chempioni Garri Kasparovning doʻsti va yordamchisi boʻlgan[41].
- Dvorkovich Mixail Vladimirovich (1978-yil 11-aprelda tugʻilgan) — ukasi, muxolifatchi jamoat arbobi, „Novoe delo“ (ruscha: «Новое дело») biznes uyushmasi asoschisi, oʻzining ommaviy norozilik harakatlari bilan mashxur[2].
- Rustamova Zumrud Xandadashevna (1970-yil 21-sentyabrda tugʻilgan) — rafiqasi (nikoh 2001-yilda qayd etilgan[42]), Rossiya Federatsiyasi mulk munosabatlari vazirining sobiq oʻrinbosari (2000-2004), Sibir koʻmir energetika kompaniyasi vitse-prezidenti. (2004-2006)[43]. 2011-yil holatiga koʻra „Polimetal“ („Polimetall“) togʻ-kon kompaniyasi bosh direktorining oʻrinbosari (2006 yildan), Rossiyaning bir qator yirik kompaniyalari boʻlmish: Magnitogorsk temir-poʻlat zavodi (2006-yil apreldan), Sheremetyevo xalqaro aeroporti OAJ (2008-yil 14-iyuldan boshlab), „Xanti-Mansiysk Bank“ OAJ (2009-yil 7-apreldan), „Polyus-Zoloto“ OAJ (ruscha: Полюс-Золото) (2009-yil 15-maydan), „PIK Group“ kompaniyalar guruhi OAJ (ruscha: ОАО группа компаний ПИК, 2011-yil 21-iyundan) direktorlar kengashi aʼzosi[44]. Oʻgʻillari: Pavel, Vladimir va Denis (2015-yil 2-mayda tugʻilgan)[43].
Maqolalar
tahrir- Vsyo budet xorosho // Otechestvennie zapiski. — 2002. — No 4-5. (Wayback Machine saytida 2022-01-23 sanasida arxivlangan)
- Soliq islohoti 2003-2005 yillar // Rossiya iqtisodiyoti — XXI asr. 2003. 13-son.
- „Davlat iqtisodiyotga ortiqcha aralashmaydi“ Vedomosti.ru 13.09.2012
Yoʻl harakati qoidalarini buzish
tahrir2012-yil 15-yanvarda „Sinie vedyorki“ (ruscha: «Синие ведёрки», Moviy chelaklar) jamoasi amaldorning maxsus mashinasini Moskva markazida yoʻl harakati qoidalarini qoʻpol ravishda buzganlikda aybladi. Ushbu jamiyat veb-saytida Sadovaya koltso koʻchasi boʻylab yuqori tezlikda miltillovchi chiroqlarini yoqib qora mashina harakatlanayotgani koʻrsatilgan video paydo boʻldi. Dvorkovich bu uning mashinasi ekanligini tan olib, tvitterda „Juda tez yurdim. Haydovchi tushuntirish xati yozdi. Xulosalar chiqarildi“ [45] deb xabar qoldirdi.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Аркадий Дворкович избран новым президентом ФИДЕ“. 2018-yil 3-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 3-oktyabr.
- ↑ 2,0 2,1 „«С Днём Рождения, Ультралорд!»: Михаил Дворкович задержан за несанкционированное поздравление Путина“. NEWSru (2013-yil 7-oktyabr). 2013-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 4-dekabr.
- ↑ „Биография на официальном сайте президента России“. 2018-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-aprel.
- ↑ „Как связаны новые члены правительства и частный бизнес“. 2018-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 21-fevral.
- ↑ „«Власть Семей-2011. Президент и его круг», Дворкович Аркадий Владимирович“. 2018-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 10-dekabr.
- ↑ 6,0 6,1 „У Путина будет программа“. 2017-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-aprel.
- ↑ 7,0 7,1 7,2 „С президентской программы сняли пробу“. 2017-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-aprel.
- ↑ „«Сначала выбрали три самых плохих налога»“. 2017-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-aprel.
- ↑ „Сколково. Люди в проекте“. 2011-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 17-avgust.
- ↑ 10,0 10,1 „Тандемократия может и не сохраниться при президенте Путине“. 2018-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-aprel.
- ↑ „Помощник президента Дворкович о возвращении Путина в Кремль: нет поводов для радости“. 2018-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-aprel.
- ↑ „Дворкович: Дмитрий Медведев хочет пойти на второй срок“. 2019-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-aprel.
- ↑ Arkadiy Dvorkovich vozglavil komissiyu po monitoringu prodovolstvennix rinkov[sayt ishlamaydi]Andoza:Недоступная ссылка // Delovoy Peterburg — 2012. — 04 iyulya.
- ↑ „Дворкович заявил, что в России больше нет олигархов“. 2018-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 25-yanvar.
- ↑ „Дворкович прокомментировал возможность отключения российских банков от SWIFT“. 2018-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 25-yanvar.
- ↑ 16,0 16,1 „Официальный сайт ОАО «РЖД». Дворкович Аркадий Владимирович. Член совета директоров“. 2019-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 30-mart.
- ↑ Тихонов, Д. „Чиновники больше не президенты“. Газета.ру (2009-yil 24-noyabr). 2015-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 9-sentyabr.
- ↑ „Дворкович возглавил Наблюдательный совет федерации шахмат страны“. РИА Новости (2010-yil 20-fevral). 2012-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 9-sentyabr.
- ↑ „Андрей Филатов избран Президентом РШФ“. 2018-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 3-fevral.
- ↑ Dvorkovich vozglavil sovet direktorov perejivayuщey trudnosti RESh
- ↑ „Дворкович возглавил наблюдательный совет Россельхозбанка“. 2020-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-may.
- ↑ „ТАСС, 13 марта 2020. Первый вице-премьер Белоусов возглавит совет директоров РЖД“. 2020-yil 23-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-mart.
- ↑ „Структура ОАО «РЖД». Совет директоров ОАО «РЖД». Комитет по кадрам и вознаграждениям“. 2019-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 30-mart.
- ↑ „РБК — Дворкович стал сопредседателем фонда «Сколково»“. 2018-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-iyun.
- ↑ „Росбизнесконсалтинг, 15 марта 2022. Дворкович выступил за мирное урегулирование конфликта на Украине“. 2022-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-mart.
- ↑ „Секретарь "Единой России" назвал главу фонда "Сколково" "национал-предателем"“. Радио Свобода (2022-yil 16-mart). 2022-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-mart.
- ↑ „Дворкович покинул пост председателя фонда "Сколково". Ранее он выступил против военной агрессии России в Украине“. Настоящее время (2022-yil 18-mart). 2022-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-mart.
- ↑ „АРКАДИЙ ДВОРКОВИЧ ПЕРЕИЗБРАН ПРЕЗИДЕНТОМ ФИДЕ.“. 2022-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-avgust.
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2022-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-avgust.
- ↑ „PROFILE INFO“. 2022-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.
- ↑ „Русская служба ВВС, 16 ноября 2016. Дело Улюкаева: придет ли ФСБ за кем-то ещё?“. 2018-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 13-noyabr.
- ↑ „Росбизнесконсалтинг, 16 ноября 2016. СМИ узнали об оперативной разработке ряда высокопоставленных чиновников“. 2018-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 13-noyabr.
- ↑ „Росбизнесконсалтинг, 13 ноября 2018. Наказанной за слив из правительства оказалась экс-помощница Дворковича“. 2018-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 13-noyabr.
- ↑ Александр Пятин. „Экс-помощницу Дворковича обвинили в получении взяток путевками в Таиланд и Доминикану“. Forbes (2020-yil 20-fevral). Qaraldi: 2020-yil 20-fevral.
- ↑ „Вечеринка Дворковича, Ткачева и бывших приближенных Медведева на борту частного самолета попала в Сеть“. Ura.ru (2019-yil 13-fevral). 2019-yil 14-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-fevral.
- ↑ „Как менялись доходы членов правительства и администрации президента“. ТАСС (2021-yil 16-aprel). 2021-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-aprel.
- ↑ „Сведения о доходах, об имуществе и обязательствах имущественного характера федеральных государственных служащих Администрации президента и аппарата Совета Безопасности России, а также их супругов и несовершеннолетних детей за период с 1 января 2011 г. по 31 декабря 2011 г.“. Президент России. 2012-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 25-dekabr.
- ↑ Ukaz prezidenta Rossiyskoy Federatsii ot 9 iyulya 2010 goda № 847
- ↑ „Указ Президента Республики Беларусь от 26 февраля 2015 года № 101 «О награждении»“. 2019-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-mart.
- ↑ „Текст решения“. 2015-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 14-may.
- ↑ „Владимир Яковлевич Дворкович“. 2013-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 3-fevral.
- ↑ I zumrudnaya lyubov, „Profil“, № 10(328) ot 10.03.2003.
- ↑ 43,0 43,1 „Удачливая Зумруд, «АиФ Челябинск», 14.03.2007.“. 2010-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 21-yanvar.
- ↑ „Рустамова Зумруд Хандадашевна, член совета директоров ОАО Магнитогорский металлургический комбинат“. 2011-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 10-dekabr.
- ↑ „Автомобиль с мигалкой разогнался в Москве до 180 км/ч — Газета. Ru | Avtomobili“. 2012-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 16-yanvar.
Havolalar
tahrir- holi
- Prezident maʼmuriyati saytida tarjimai holi
- Tarjimai hol
- VTB Bank veb-saytida tarjimai holi
- Rosneftegazning dividendlari Uzoq Sharqni rivojlantirishga yoʻnaltiriladi — Arkadiy DVORKOVICH ITAR-TASS
- Intervyu A. Dvorkovich „Futbol birodarligi“ loyihasi.
- Arkadiy Dvorkovich: „FIDE oʻz vazifasini bajara olmaydi“ Chess.com