Armaniston va Misr munosabatlari
Armaniston va Misr oʻrtasida mustahkam tashqi aloqalar mavjud. Misr 1991-yilda mustaqil Armanistonni arab dunyosida birinchilardan boʻlib tan olgan. 1992-yilning mart oyida ikki davlat oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilgan. 1992-yil may oyida esa Qohirada Armanistonning Arab sharqidagi birinchi diplomatik vakolatxonasi ochilgan. Shuningdek, Yerevanda ham Misr elchixonasi mavjud.
Misr |
Armaniston |
Tarixi
tahrirSovet Ittifoqidan mustaqillikka erishganidan soʻng Misr Armaniston mustaqilligini birinchilardan boʻlib tan olgan. 1992-yilda ikki tomonlama diplomatik munosabatlar oʻrnatish toʻgʻrisidagi konvensiya imzolangan. Misrning Yerevandagi elchixonasi 1993-yil may oyida, Armanistonning Qohiradagi elchixonasi esa 1992-yil mart oyida tashkil etilgan.
Ikki davlat oʻrtasida siyosiy munosabatlardagi eng muhim nuqta Armanistonning Togʻli Qorabogʻ mojarosida Misrning betaraf pozitsiyasini qadrlashi, shuningdek, Misrning sodir etilgan qirgʻinlardan qochgan armanlarni qabul qilishi va ularning Misr jamiyatiga integratsiyalashuvi boʻlgan[1].
Taxminan 1996-yildan beri Armaniston va Misr siyosiy, iqtisodiy, madaniy, taʼlim va ilmiy sohalarda mustahkam hamkorlik oʻrnatishga muvaffaq boʻlgan. Armaniston va Misr oʻrtasida 40 dan ortiq ikki tomonlama huquqiy hujjatlar imzolangan, oʻnlab oliy darajadagi rasmiy delegatsiyalar oʻrtasida oʻzaro tashriflar boʻlib oʻtgan, koʻplab muhim madaniy-ommaviy tadbirlar oʻtkazilgan, birgalikda iqtisodiy hamkorlik loyihalari ishlab chiqilgan[2][3].
Arman genotsidining tan olinishi
tahrirAmerikaning arman gazetasi „Asbarez“da yozilishicha, 2013-yil oxirida Misr prezidenti Muhammad Mursiyning lavozimidan chetlatilishi ortidan Turkiya-Misr oʻrtasidagi ziddiyat kuchaygan bir paytda, Misrda turk hukumatining armanlar genotsidini inkor etishini qoralovchi koʻplab maqolalar chop etilgan. Ushbu mavzu Lilian Daoud tomonidan olib borilgan mashhur Misr televideniyesi tok-shousi Al-Soura Al-Kamilada muhokama qilingan[4].
Misr parlamenti deputati Mustafa Bakri armanlar genotsidini tan olishga chaqiruvchi rezolyutsiyani taqdim etgan[5]. Misrda suratga olingan arab tilidagi „Armanlarni kim oʻldirdi?“ nomli hujjatli film ilk bor Heliopolis kutubxonasida namoyish etilgan[6].
2019-yilgi Myunxen xavfsizlik konferensiyasida Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy armanlar genotsidini bilvosita tan olgan va oʻz nutqida bundan yuz yil avval Misr „genotsiddan keyin“ arman qochqinlarini qabul qilganini taʼkidlagan[7]. Ushbu fikrlar Misr arman jamiyati tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilingan[7].
Yuqori darajadagi tashriflar
tahrirArmanistonga
tahrirN | Sana | Lavozim | turi |
---|---|---|---|
1 | 1992-yil yanvar | Bosh vazir oʻrinbosari Kamol Ganzuri | Rasmiy tashrif |
2 | 2002-yil oktyabr | Xalqaro iqtisodiy hamkorlik vaziri Faiza Abul Naga | Rasmiy tashrif |
3 | 2023-yil 28-29 yanvar | Prezident Abdulfattoh as-Sisiy | Davlat tashrifi[8][9] |
Misrga
tahrirN | Sana | Lavozim | turi |
---|---|---|---|
1 | 1992-yil mart | Tashqi ishlar vaziri Raffi Hovannisian | Rasmiy |
2 | 1992-yil may | Armaniston Prezidenti Levon Ter-Petrossian | Rasmiy |
3 | 1993-yil yanvar | Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Arman Kirakossian | Rasmiy |
4 | 1997-yil mart | Tashqi ishlar vaziri Alexander Arzoumaian | Rasmiy |
5 | 1997-yil may | Milliy assambleya prezidenti Babken Ararktsian | Rasmiy |
6 | 1999-yil fevral | Tashqi ishlar vaziri Vartan Oskanian | Ish boʻyicha |
7 | 2005-yil yanvar | Tashqi ishlar vaziri Vartan Oskanian | Rasmiy |
8 | 2005-yil dekabr | Bosh vazir Andranik Markarian | Rasmiy |
9 | 2007-yil aprel | Armaniston Prezidenti Robert Kocharyan | Rasmiy |
10 | 2009-yil fevral | Tashqi ishlar vaziri Edward Nalbandian | Rasmiy |
11 | 2010-yil yanvar | Milliy assambleya prezidenti Hovik Abrahamyan | Rasmiy[10] |
12 | 2024-yil mart | Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan | Rasmiy[11] |
Madaniy tadbirlar
tahrirIkki davlat oʻrtasida imzolangan hukumatlararo bitim sifatida Armaniston-Misr madaniy hamkorligi doirasida 4–11-noyabr kunlari Armanistonda Misr madaniyati kunlari boʻlib oʻtgan. Yerevandagi Misr madaniyati kunlari doirasida Misr opera va balet teatrining 2 ta balet spektakli, koʻplab misr filmlari namoyish etilgan. Shuningdek, misrlik rassomlarning asarlari namoyish etilgan badiiy koʻrgazma tashkil etilgan[12][13][14].
2011-yil 6-oktyabr Armanistonda xizmat koʻrsatgan artist Arsen Grigoryan, qoʻshiqchi Anna Xaratyan va Mro ansambli ishtirokida Qohira opera teatrining „El-Gumhuriya“ zalida Armaniston mustaqilligining 20 yilligiga bagʻishlangan konsert boʻlib oʻtgan[15].
2011-yil 27-sentyabr Armaniston Yaqin Sharq tillari va mamlakatlari oʻrtasida toʻrtinchi Xalqaro tarix va nashriyot simpoziumida faxriy mehmon sifatida alohida maqomga ega boʻlgan. Simpoziumda, shuningdek , Armanistonda kitob nashr etish boshlanganligining 500 yilligi va YUNESKO tomonidan Yerevan shahrining 2012-yil Jahon kitob poytaxti sifatida tanlanishi sababli nashriyotga bagʻishlangan maxsus sessiya oʻtkazilgan. Uch kunlik ilmiy anjuman doirasida Iskandariya kutubxonasida qadimiy arman kitoblari koʻrgazmasi boʻlib oʻtgan[16][17][18].
2010-yil 17–22-sentyabr Misr Madaniyat vazirligi va Armanistonning Misrdagi elchixonasi tomonidan Misr va Armaniston oʻrtasida madaniy almashinuvni rivojlantirishga qaratilgan yirik ikki tomonlama tashabbus doirasida Arman madaniyati kunlari tashkil etilgan. Bu turkumda Sergey Parajanov muzeyi direktori Zaven Sargsyanning Arman meʼmorchiligiga bagʻishlangan fotokoʻrgazmasi boʻlib oʻtgan. Iskandariyadagi Sayid Darvish opera teatri qayta tiklangan[19].
Doimiy diplomatik vakolatxonalar
tahrirQohirada Armanistonning elchixonasi mavjud. Yerevanda esa Misr elchixonasi tashkil etilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Ministry of foreign Affairs - Brief History“. Mfa.gov.eg (2010-yil 13-may). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-oktyabr.
- ↑ Azad-Hye. „Azad-Hye Middle East Armenian Portal (Armenia's Independence celebrations in Egypt)“. Azad-hye.net. 2016-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-oktyabr.
- ↑ „Egypt to continue maintaining its balanced stance on Karabakh conflict – intervi“. News.am. Qaraldi: 2016-yil 1-oktyabr.
- ↑ „Millions Watch Popular Egyptian Talk Show on the Armenian Genocide“. Asbarez.com (2013-yil 10-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 1-oktyabr.
- ↑ „Egypt First Islamic Country to Raise Armenian Genocide Issue says ANC Egypt Chair“ (en-US). Armenian National Committee of America (2016-yil 29-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 23-noyabr.
- ↑ „'Who Killed the Armenians?': Egyptian Filmmakers Tackle the Genocide“ (en-US). Armenian National Committee of America (2015-yil 4-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 23-noyabr.
- ↑ 7,0 7,1 „Egypt implicitly recognizes Armenian Genocide“. EgyptToday (2019-yil 18-fevral). Qaraldi: 2021-yil 23-noyabr.
- ↑ „Official welcoming ceremony of President of Egypt Abdel Fattah el-Sisi held in Armenian Presidential Palace“ (en). armenpress.am. Qaraldi: 2023-yil 31-yanvar.
- ↑ „Sisi Arrives in Armenia in First Ever Visit by an Egyptian President | Egyptian Streets“ (en-US) (2023-yil 29-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 31-yanvar.
- ↑ „National Assembly of Armenia | Official Web Site“. Parliament.am (2010-yil 16-yanvar). Qaraldi: 2016-yil 1-oktyabr.
- ↑ „Prime Minister Nikol Pashinyan's official visit to the Arab Republic of Egypt“. Primeminister.am (2024-yil 5-mart).
- ↑ „Egyptian Cultural Days in Armenia | ARMENPRESS Armenian News Agency“. Armenpress.am. Qaraldi: 2016-yil 1-oktyabr.
- ↑ „Egypt culture days in Yerevan“. News.am (2011-yil 16-dekabr). Qaraldi: 2016-yil 1-oktyabr.
- ↑ „Egyptian Cultural Days to be held in Yerevan“. News.am. Qaraldi: 2016-yil 1-oktyabr.
- ↑ „Armenian folk songs performed at Opera House in Cairo“. 2012-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 12-aprel.
- ↑ „Armenian theme at International Scientific Conference of Alexandria“. 2012-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 12-aprel.
- ↑ „Armenian theme at International Scientific Conference of Alexandria | ARMENPRESS Armenian News Agency“. Armenpress (2011-yil 28-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 1-oktyabr.
- ↑ „The Opening of "The International Symposium of History and Publishing in the Languages and Countries of the Middle East" at the BA - News - Bibliotheca Alexandrina“. 2012-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 12-aprel.
- ↑ „StackPath“. dailynewsegypt.com. Qaraldi: 2021-yil 23-noyabr.
Havolalar
tahrir- Qohiradagi Armaniston elchixonasi (Wayback Machine saytida 2020-10-19 sanasida arxivlangan)