Armen Bagdasarov
Armen Yurevich Bagdasarov (1972-yil 31-iyulda Ozarbayjon SSR, Kirovobod shahrida tugʻilgan) — taniqli oʻzbek dzyudochisi va dzyudo boʻyicha murabbiy. 2005-2016-yillarda Oʻzbekiston dzyudo federasiyasi prezidenti. Armen Bagdasarovning afsonaviy xizmati shundaki, u mustaqil Oʻzbekiston tarixida mamlakatga yozgi Olimpiya oʻyinlari medalini qoʻlga kiritgan birinchi sportchi hisoblanadi.[1] 2007-2021-yillarda Xalqaro dzyudo federasiyasi (IJF) sport direktori, 2021-yilda Xalqaro dzyudo federasiyasi Referi direktori, 2017-yilda esa 8 dan (DAN) bilan taqdirlangan.
Armen Yurevich Bagdasarov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | Erkak |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Tavallud sanasi |
31-iyul 1972-yil Kirovobod, Ozarbayjon SSR |
Sport | |
Qaysi sport | Dzyodo |
Medallar | |
Sport mukofotlari | ||
---|---|---|
Olimpiya oʻyinlari | ||
Kumush | Atlanta 1996 | 86kg gacha |
Osiyo oʻyinlari | ||
Kumush | Bangkok 1998 | 100kg gacha |
Osiyo chempionati | ||
Bronza | Deli 1995 | 86kg gacha |
Oltin | Xo Shi Min 1996 | 86kg gacha |
Oltin | Venchjou 1999 | 90kg gacha |
Bronza | Osaka 2000 | 100kg gacha |
Universiada | ||
Kumush | Palma de Malorka 1999 | 90kg gacha |
Tarjimai hol
tahrir1990-1992-yillarda Yoshlar oʻrtasida SSSR chempionati birinchi gʻolibi. 1992-yilda 20 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati birinchi bronza medali sovrindori boʻlgan. 1993-2001-yillarda Armen Bagdasarov dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritilgan. Uning sport faoliyatidagi choʻqqisi 1996-yilga toʻgʻri kelib, Osiyo chempioni boʻlgan va Atlantadagi Olimpiya oʻyinlarining kumush medalini qoʻlga kiritgan. Bagdasarov 1998-yilda ham Osiyo oʻyinlarining kumush medali sohibi boʻldi, 1999-yilda esa yana Osiyo chempionatida qoʻli baland kelib, Oʻzbekiston mustaqilligining oʻn yilligi bilan markalar seriyasi chiqarildi, ulardan biri Armen Bagdasarovning sport yutuqlariga bagʻishlangan[2].
Bagdasarov Armen Yuriyevichning murabbiylari Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan murabbiy Pyatayev Vladimir Evgeniyevich va Morduxayev Isaak Ilichlar edi.
2001-yilda Armen Bagdasarov sportdagi faoliyatini yakunlab, dastlab dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi, 2005-yilda esa ushbu sport turining milliy federasiyasini boshqargan[3]. Shu bilan bir qatorda sportning jangovar turlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati direktori ham sanaladi[4]. 2007-yilda Xalqaro dzyudo federasiyasi (IJF) sport direktori etib saylanadi. 2021-yilda Xalqaro dzyudo federasiyasi (IJF) hakami direktori lavozimiga tayinlanadi.
Mukofot va unvonlar
tahrir- “Mehnat shuhrati” ordeni (1996)[1]
- Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi (2000)[5]
- Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan murabbiy (2006)[6]
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Указ Президента Республики Узбекистан от 16 avgust 1996 года № УП-1506 «О награждении группы спортсменов и спортивных тренеров республики
- ↑ „Олимпийская филателия. 10-летие независимости Узбекистана“. 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 23-fevral.
- ↑ „Федерация дзюдо Узбекистана“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 27-avgust.
- ↑ „Спортивные учреждения Узбекистана“. 2011-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 27-avgust.
- ↑ Указ Президента Республики Узбекистан от 25 avgust 2000 года № УП-2704 «О награждении в связи с девятой годовщиной независимости Республики Узбекистан группы работников науки, здравоохранения, культуры, просвещения, средств массовой информации и общественных сфер
- ↑ Указ Президента Республики Узбекистан от 25 avgust 2006 года № УП-3790 «О награждении в связи с пятнадцатилетием независимости Республики Узбекистан группы работников науки, образования, здравоохранения, культуры, искусства, духовности и просветительства, средств массовой информации и других социальных сфер