Artur Dmitriyev (figurali uchuvchi)

Artur Valeryevich Dmitriyev (ruscha: Артур Валерьевич Дмитриев; 1968-yil 21-yanvar[1], Belaya Serkov, Kiyev viloyati) — SSSRda xizmat koʻrsatgan sport ustasi (1992), sovet va Rossiya figurali uchuvchisi. Dmitriyev ikki xil sherik bilan Olimpiya oʻyinlarida gʻolib chiqqan birinchi erkak figurali uchuvchi boʻlgan[2].

Artur Dmitriyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Artur Dmitriyev
Tavalludi Belaya Serkov, SSSR
Oldingi sheriklari Oksana Kazakova,
Natalya Mishkutyonok

Faoliyati tahrir

Artur Norilskda ulgʻaygan, u yerda xokkey, dzudo bilan shugʻullangan, Fanis Shakirzyanov murabbiyligida yakka holda konkida uchuvchi sifatida figurali uchish bilan shugʻullangan va 1986-yildan boshlab Natalya Mishkutenok bilan juftlikda uch hatlab sakrashning besh turini mashq qilgan. 1988 — 1989-yillarda juftlik Jahon Universiada musobaqasida gʻolib chiqdi va SSSR chempionatida ikkinchi oʻrinni egalladi. Artur 1988-yilda Yevropa chempionatida debyut qildi, lekin Jahon chempionatida birinchi marta 1990-yilda qatnashdi.

Artur 1990 — 1991-yilgi mavsumda sahnalashtirilgan F. Liszt musiqasi ostidagi „Sevgi orzulari“ dasturini barcha musobaqalarda, jumladan Yevropa chempionatlarida, Jahon chempionatlarida va Olimpiya oʻyinlarida (1991 — 1992) namoyish qilib gʻalabalar keltirgan.

Juftlik professional konkida uchuvchilar sifatida 1992-yilda US Open turnirida gʻalaba qozonishdi, lekin ular professionallar oʻrtasidagi Jahon chempionatida va Chellenge of Champions turnirida uchinchi oʻrinni egallashdi.

Bu juftlik 1993 — 1994-yilgi mavsumda havaskor sifatida konkida uchishga qaytishdi. Artur Yevropa chempionatidagi qisqa dastur namoyishida xatoga yoʻl qoʻyadi va shundan soʻng figurali uchish tarixidagi eng kam uchraydigan voqea sodir boʻladi: Chexiyalik sudya xatolik bilan tizimga 5,4 / 5,7 oʻrniga 4,4 / 4,7 ballni kiritadi. Ushbu baho katta ekranda koʻrsatilganidan soʻng, hakam xatosini tuzatishi haqidagi barcha soʻrovlariga qaramay, ISU taqiq bilan javob beradi. Shunday qilib juftlik beshinchi oʻrinni egallaydi, ammo erkin dasturda — ikkinchi oʻrinni egallab, bronza medalini qoʻlga kiritadi

1995-yildan boshlab Artur yangi sherik — Oksana Kazakova bilan mashq qila boshladi, juftlik 1996-yilgi Yevropa chempionatida gʻolib chiqdi.

Shaxsiy hayoti tahrir

Artur Dmitriyevning 1992-yildan 2006-yilgacha turmush oʻrtogʻi Tatyana Druchinina (badiiy gimnastika boʻyicha jahon va SSSR chempioni) edi.

Natijalari tahrir

(O. Kazakova bilan)

Musobaqa 1994 — 1995 1995 — 1996 1996 — 1997 1997 — 1998
Qishki Olimpiya oʻyinlari 1
Jahon chempionatlari 5 3 WD
Yevropa chempionati 1 2
Rossiya chempionati 3 3
Gran-pri finali 2 3
Skate America 5 1
Skate Canada International 1
Bofrost kubogi 2
Trophee Lalique 2 1
Rossiya kubogi 3
NHK Trophy WD

WD = tanlovni tark etgan

(N. Mishkutyonok bilan)

Musobaqa 1987 — 1988 1988 — 1989 1989 — 1990 1990 — 1991 1991 — 1992 1992 — 1993 1993 — 1994
Qishki Olimpiya oʻyinlari 1 2
Jahon chempionatlari 3 1 1
Yevropa chempionati 4 3 3 1 1 3
Rossiya chempionati 2
SSSR chempionati 2 2
Skate America 1 1
Millatlar kubogi 1
Trophee Lalique 1 1
NHK Trophy 3
Qishki Universiada 1

Manbalar tahrir