Asfandiyorxon (?-1918) – Xorazm (Xiva xoni) (1910–18), oʻzbek qoʻngʻirotlar sulolasidan.

Said Isfandiyorxon

Otasi Muhammad Rahimxon II vafotidan soʻng rus podsho hukumatining yordami bilan taxtga chiqdi (1910). 1910, 1914-yillari Peterburgda boʻldi. A. davrida ma’rifatparvar va-zir Islomxoʻja tashabbusi bilan Xiva va boshqa shaharlarda pochta-telegraf, kasalxo-na, ikki Madrasa va yangi tipdagi mak-tablar, hatto rus maktablari qurilddi. A. Islomxoʻjani xazinadagi mablagʻni behuda sovurishda ayblab qatl etdi (1913), A. butun yerlarni qayta oʻlchatib, 735mehnatkash xalqqa ogʻir soliqlar soldi. Uning zulmiga qarshi 1915-yil Mangʻitda, 1916-yil yanvarda Xoʻjaylida xalq chiqishlari boʻlib oʻtdi. 1905–07 yillarda tashkil topgan "Yosh xivaliklar" tashki-loti 1917-yil fevral inqilobidan soʻng osh-kora ish boshladi. Bu tashkilot 1917-yil 5 ap-r.da xonni burjua islohoti oʻtkazish haqidagi manifestga qoʻl qoʻyishga maj-bur etdi. Shu tariqa xon boshliq kon-stitutsion monarxiya tuzildi. Davlatni idora etuvchi "Idorai mashvarat" tash-kil topdi. Lekin islohot mehnatkashlar ahvolini yaxshilamadi. A. koʻp oʻtmay "Idorai mashvarat"ni tarqatib, yana mu-stabid hokimiyat oʻrnatdi.

VafotiTahrirlash

A. 1918-yil 22-yanvarda yuqori martabali amaldorlar va din ahllari ishtirokida davlatni birga boshqarish hamda bolsheviklarga qarshi kurashish uchun Junaydxon bilan Xivada muzoqara olib bordi. Natijada A. Ju-naydxonni qoʻshin boshligʻi (sardori karim) etib tayinlab, hokimiyatni unga topshirdi. Oradan koʻp oʻtmay, Junayd-xon hokimiyatni butunlay qoʻlga olish uchun A.ni yashirin ravishda oʻldirtirdi. Junaydxon taxtga oʻz ta’siridagi Said Abdullaxonni oʻtqazdi.

AdabiyotlarTahrirlash

  • Yoʻldoshev M., Xiva xonligida feodal yer egaligi va davlat tuzilishi, T., 1959;
  • Gulyamov Ya. G., Pamyatniki goroda Xivi, T., 1941;
  • Xudoyberganov K., Xiva — 2500. Xiva xonlari shajarasi, Xiva, 1996.
  • Gulyamov Y.G., Istoriya orosheniya Xorezma s drevneyshikh vremen do nashikh dney. Tashkent. 1957
  • Istoriya Xorezma. Pod redaktsiyey I. M. Muminova. Tashkent, 1976
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil