Asqar Nigmatov
Bu maqolaning betarafligi shubha ostidadir. Batafsilroq maʼlumot uchun maqola munozarasiga qarang. |
Asqar Nigmatov Nigmatullayevich 1954-yil 26-sentabrda Toshkent shahrida ziyolilar oilasida tavallud topdi. Geografiya fanlari doktori, professor. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi aʼlochisi (2002), Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi aʼlochisi (2007).
Tavallud sanasi | 26-sentyabr 1954-yil |
---|---|
Tavallud joyi | Toshkent shahar, O'zbekiston Respublikasi |
Ish joyi | Maktabgacha ta'lim vazirligi huzuridagi MTTDMQTMO instituti |
Ilmiy daraja va unvoni | Geografiya fanlari doktori, professor |
Mukofotlari | Xalq taʻlimi aʻlochisi, Oʻrta-maxsus, kasb-hunar taʼlimi aʼlochisi |
Oʻqish davri
tahrir1971-yil Toshkent shahridagi 144-maktabni tamomlab, soʻngra 1976-yil ToshDU (hozirgi Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti (OʻzMU)) Geografiya fakulteti Tabiiy geografiya yoʻnalishini bitirib, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tuproqshunoslik va agrokimyo institutiga ishga yuborildi. 1976—1977-yillar u ToshDU Biologiya-tuproqshunoslik fakultetida maxsus fanlardan taʼlim oldi. 1977—1988-yillarda Moskva, Baku, Kursk, Dnepropetrovsk shaharlarining ilmiy markazlarida malakasini oshirdi. 1976—1995-yillar mobaynida u Tuproqshunoslik va agrokimyo instituti Tuproq eroziyasi laboratoriyasi katta laborantligidan shu institutning oʻzi tashkil etgan Tuproq eroziyasi va texnogen buzilishi boʻlimi mudirigacha boʻlgan lavozim yoʻlini bosib oʻtdi. A.N.Nigmatov aspiranturani (1980-1984 yy.) Mixail Lomonosov nomidagi MDU Geografiya fakulteti professori M.N.Zaslavskiy va OʻzR FA TAI laboratoriya mudiri, professor H.M.Mahsudov rahbarliklarida olib bordi hamda 1985-yili „Toshkent viloyatining jarlangan yerlari va ularni melioratsiya qilish“ mavzusida qishloq xoʻjaligi fanlari boʻyicha nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi.[1] Doktoranturani (1990-1993 yy.) u Mixail Lomonosov nomidagi MDU Geografiya fakultetida professorlar G.A.Larionov va R.S.Chalovlar rahbarligida oʻtab, 1993-yili „Oʻzbekiston yerlarining jarlanishi va texnogen buzilishi: ularni melioratsiya va rekultivatsiya qilishning geografik jihatlari“ mavzusida geografiya fanlari boʻyicha doktorlik dissertatsiyasini yoqladi.[2]
Pedagogik faoliyati
tahrirUning pedagogik faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi Fuqarolik huquqiy bilimlar kafedrasi professori (1995-1999 yy.), Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi TDYUI Ekologiya va qishloq xoʻjalik huquqi kafedrasi professori (1999-2005 yy.), OʻzMU Geografiya fakulteti Tabiiy geografiya kafedrasi mudiri (2004-2006 yy.), OʻzMU AL va KHK bilan ishlash boʻyicha prorektor (2005-2011 yy.), OʻzMU Ekologiya kafedrasi mudiri (2011-2012 yy.), Botanika va ekologiya kafedrasi professori (2013-2014 yy.), OʻMKHTTKMOvaUQT Instituti Taʼlimda boshqaruv kafedrasi mudiri (2015-2018 yy.), MTTDMQTMO instituti Menejment kafedrasi professori lavozimlarida olib bordi va bormoqda. Oʻrindoshlik asosida A.N.Nigmatov OʻzR VM Islom universiteti Islom huquqi kafedrasi professori (2001-2005 yy.), OʻzR Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi „Bioekosan“ taʼlim muassasi ilmiy konsultanti (2001-2005 yy.), OʻzR Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi TDAU Huquqshunoslik kafedrasi mudiri (2002-2004 yy.), OʻzR Adliya vazirligi Sudyalarni malakasini oshirish markazi professori (2000-2004 yy.), OʻzMU Tabiiy geografiya va geografiya taʼlimi metodikasi kafedrasi professori (2004-2009 yy.), TDPU Geografiya taʼlimi metodikasi (2005-2007 yy. va 2012-2015 yy.), OʻzMU Oliy pedagogika instituti (Mintaqaviy markaz) professori (2006-2011 yy. va 2013-2016-y.), TIMI Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi kafedrasi professori (2015-2018yy.), Toshkent viloyati maktab oʻqituvchilarini malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti Tabiyot fanlari kafedrasi professori (2015-y.), ToshFI (2016-2017 yy.), NamDU professori (2015-2018 yy.), Qozogʻistonning 3 ta, Qirgʻizistonning 1 ta universitetlari professori (2000-2008 yy.), GulDU Ekologiya va geografiya kafedrasi professori (2018-yildan buyon) lavozimlarida pedagogik faoliyatini davom ettirdi.
Ilmiy ishlari
tahrir700 tadan ziyod oʻquv, ilmiy, ilmiy ommabop ishlar, jumladan, 13 ta monografiya, 23 ta darslik, 27 ta oʻquv qoʻllanma, 28 ta oʻquv-metodik va metodik qoʻllanma, 22 ta kitob va risola, 1 ta ixtirochilik patenti, 6 ta mualliflik guvohnomasi, 3 ta AKT dasturi, 1 ta lugʻat, 14 ta mavzuli karta, 370 tadan ziyod ilmiy va ommabop maqola va tezislarni oʻzi hamda oʻquvchilari bilan chop etgan. Uning oʻzi va rahbarligida yaratilgan 7 ta darslik va oʻquv qoʻllanma turli yillarda "Isteʼdod" jamgʻarmasining „Eng yaxshi darslik va oʻquv adabiyotlar“ Respublika tanlovi gʻoliblari qatoridan oʻrin olgan.
Mukofotlar
tahrirOʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi aʼlochisi (2002) Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi aʼlochisi (2007)
Manbalar
tahrir- ↑ „Заовраженные земли Ташкентской области и пути их мелиорации“ (Rus tili). Dissercat. Qaraldi: 10-oktabr 2022-yil.
- ↑ „Овражная эрозия и техногенно-нарушенные земли Узбекистана, географические аспекты их мелиорации и рекультивации“ (Rus tili). Dslib. Qaraldi: 10-oktabr 2022-yil.
Havolalar
tahrir- A.N.Nigmatov ilmiy ishlari
- A.N.Nigmatov bilan Oʻzbekiston tarixi telekanali „Aslida qanday“ koʻrsatuvida „Oʻzbekistonda geografiya fani qanday rivojlandi?“ mavzusida suhbat
- A.N.Nigmatov ilmiy ishlari (Wayback Machine saytida 2022-10-12 sanasida arxivlangan)