Asteniya
Asteniya (yunoncha astenia – darmonsizlik) – asabiy-ruhiy quvvatsizlik; bunday bemorning kayfiyati oʻzgaruvchan boʻlib, tez toliqadi, ozib ketadi, uyqusi buziladi. Yigʻloqi boʻlib qoladi; vegetativ nerv sistemasining vazifasi izdan chiqadi, uzoq vaqtgacha bosh ogʻriydi. Boshdan kechirilgan kasalliklar, shikastlanishlar, ruhiy toliqish, ichki aʼzolar xastaligi (meʼda yara kasalligi, gastrit, kolit, xoletsistit va boshqalar), miya shikastlanishi va boshqa Asteniyaga sabab boʻladi. Asteniya yuqumli kasalliklardan tuzalish davrida kuzatiladigan holatlardan biri (yana qarang Nevrasteniya)[1].
ICD-10 | M62.8 |
---|---|
ICD-9 | 728.87 (728.9 before 10/01/03); alternatively, 780.79 |
DiseasesDB | 22832 |
MedlinePlus | 003174 |
MeSH | D018908 |
Manbalar tahrir
Havolalar tahrir
- http://referat.arxiv.uz (Wayback Machine saytida 2019-11-28 sanasida arxivlangan)
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |