Astraxan
Astraxan (ruscha: Астрахань, tatarcha: Әстерхан) – Rossiya Federatsiyasidagi shahar, Astraxan viloyatining ma’muriy markazi. Volga daryosi deltasidagi yirik dengiz va daryo porti, temir yoʻl tuguni. Quyi Volga boʻyining muhim iqtisodiy markazi. Kaspiy dengizidan 100 km uzoqda. Aholisi 511,7 ming (1999). A. qadimgi shaharlardan biri. Shahar moʻgʻullar hukmronligi yillarida (13-asr) Itilning chap sohilida joylashgan Ashtarxon (Hoji Tarxon) qishlogʻi oʻrnida qurilgan. 1459-yildan A. Astraxan xonligining poytaxti. 1556-yilda shaharni Astraxan xonligi bilan birga Rossiya bo-sib olgan. A. 17–18-asrlarda hukumatga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolonlarning markazi boʻlgan. 1717-yildan gubernya shahri. 1943-yildan viloyat markazi. Sanoatining yetakchi tarmoqlari: oziq-ovqat (jum-ladan, baliq ovlash), mashinasozlik va metallsozlik (jumladan, kemasozlik). Yogʻochsozlik, sellyuloza-qogʻoz sanoati ham rivojlangan. A.da 4 oliy oʻquv yurti, oʻlkashunoslik muzeyi, suratlar galereyasi, 2 teatr, 6 muzey bor.
Astraxan | |
---|---|
46°21′0″N 48°2′6″E / 46.35000°N 48.03500°E | |
Mamlakat | Rossiya |
{{{mintaqa_turi}}} | Astraxan viloyati |
Hukumat | |
• Hokim | Oleg Polumordvinov |
Asos solingan | 1558 |
Ilk eslatilishi | 1717 |
Maydon | 208.7 km2 (80.6 kv mi) |
Aholisi (2018) |
533 925 |
Konfessiyaviy tarkib | pravoslavniylar, musulmonlar va boshqalar |
Telefon kodi | +7 (8512) |
Pochta indeks(lar)i | 414000-414057 |
|
Faktlar
tahrirAstraxan shahri 11 ta orolda joylashgan. Quyi Volga bo'yidagi eng qadimiy shahar hisoblanadi[1].
Yana qarang
tahrirAdabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
tahrir- ↑ „Речные круизы через Астрахань“. Qaraldi: 2022-yil 14-noyabr.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |