Avj (arabcha: اوج) – choʻqqi, baland) – 1) Oʻn ikki maqom majmuasidagi ma’lum shoʻba nomi. 2) Musiqa asarining yuqori pardalardagi choʻqqisi, kulminatsiya doirasi, ya’ni musiqa asarining eng baland registrdagi davomli kuy tuzilmasi[1][2].

Maqomlarning cholgʻu va ayniqsa aytim boʻlimlari, ashula, katta ashula, suvora va yirik shaklli cholgʻu kuylardan keng oʻrin olgan. Avjlarning asosiy turlari – kichik avj, oʻrta avj, katta (yoki yuqori) avj deb yuritiladi. Shoʻbalarning miyonxat tuzilmasini kichik avjga, dunasrnioʻrta avjga va namudlarni – katta avjga qiyoslash mumkin. Avjlar musiqa asarlari bayoni va rivojida shakllantiruvchi va ifodalovchi ahamiyatga ega. Ashulalardagi she’r mazmuni, fikr va his-tuygʻularning ta’sir kuchini musiqiy vositalar yordamida teranlashtiradi. Avj ishlatish an’anasi oʻzbek va umuman Sharq bastakorlik san’atida, shuningdek hofizlar va sozandalarning ijrochilik mahorati tufayli mukammallashib ma’lum tabiiy qonuniyat sifatida vujudga kelgan. Shashmaqom shoʻbalarining katta avji oʻndan ortiq namud va ikki avj (Zebo pari va Turk)ning turli birikmalaridan tuziladi. Zebo pari va Turk avjlarini qoʻllashda namudlardagi kabi muayyan ijodiy erkinlik mavjud[3].

Manbalar

tahrir
  1. I. A. Akbarov. Музика луғати. Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1987. 
  2. I. A. Akbarov. Мусиқа луғати. Toshkent: Oʻqituvchi nashriyoti, 1997 — 384-bet. ISBN 5-645-02422-2. 
  3. "Avj" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil