Avliyo Foma kuni (Avliyo Tomas kuni) 21-dekabr kuni qator mamlakatlarda nishonlanadigan bayram. Ilgari katolik cherkovida muqaddas havoriy Tomas (Foma)ning xotirasi 21-dekabr sanasida nishonlangan. Hozirgi vaqtda Rim-katolik cherkovida havoriy Tomas xotirasi 3-iyul[1] kuni yodga olinadi. Uning xotirasi baʼzi yeparxiyalar, anʼanaviy katoliklar, shuningdek, ayrim protestant cherkovlarida 21-dekabr kuni nishonlanadi. Koʻpgina mamlakatlarda u oʻzining diniy mazmunini yoʻqotgan va diniy mansubligidan qatʼi nazar tantana qilinadi[2].

Avliyo Foma kuni

Bayram, qoidaga muvofiq, mahalliy urf-odatlar va anʼanalar bilan birga oʻtkaziladi. Mamlakatda belgilangan tartibdan kelib chiqqan holda dam olish kuni boʻlishi yoki boʻlmasligi mumkin. Bu Yer sayyorasining Shimoliy yarimsharida yilning eng qisqa kunli va eng uzun tunli sutkasida nishonlanadi.

Bayram qilinishi va xalq anʼanalari tahrir

Finlandiya tahrir

Finlandiya kompaniyalarining aksariyati Sankt-Tuomas kunidan boshlab oʻz xodimlariga taʼtil beradi. Finlandiyaliklar shunday deyishadi: "Siz bir oy yurmas ekansiz, boshlamasligingiz ham kerak edi! " Yilning eng qisqa kuni „Mavlidga qarshi“ — „Antichrist“ deb nomlangan, ammo buning butparastlikka hech qanday aloqasi yoʻq. Bir naql bor: „Antichrist olib keladi, Tuomas uni uyga kiritadi“. Shu kundan boshlab, (Mavlid roʻzasi yana 3 kun davom etishiga qaramay) nasroniy Mavlid ziyofatlari boshlanadi: "Kimda kim Tuomas kuni boʻlmasa, Mavlid kunida ham boʻlmaydi". „Tuomas kuni“da dasturxonga dudlangan choʻchqa oyoqlari va qonli kolbasalar albatta tortiladi.

Shu kuni „ikki non kechasi“ boshlanadi — u shunchalik uzun boʻladiki, pechkalarda ikki marta pishirishga ulgurishadi. Aynan shu kechada yulduz shaklidagi mashhur Mavlid qora noni pishiriladi. Kafelar, restoranlar, barlar va hatto turar-joy binolari ham oʻziga xos tarzda bezatiladi.

Niderlandiya tahrir

Niderlandiya maktablarining barcha oʻquvchilari „Avliyo Tomas kuni“da darsga vaqtliroq kelishga harakat qiladi. Ular yoziv taxtasiga oʻz ismlarini yozadi. Eng oxirgi yozgan kishi „uyquchi Tomas“ laqabini oladi[3]. Oʻqituvchilar ham kechikmaslikka intiladi, chunki bu holda taxallus ularga beriladi. Niderlandiyada shunday deyishadi: "Mavlid Saint-Tomas bilan birga keladi", chunki shoshiluvchilar Mavlid uchun barcha tayyorgarliklarni tugatadi. Finlandiyada boʻlgani kabi, niderlandiyaliklar ham „ikki non kechasi“ni soʻzda emas, amalda bilishadi[4].


Gvatemala tahrir

Avliyo Tomas Gvatemaladagi Chichicastenango shahri homiysi hisoblangani bois „Avliyo Tomas kuni“ asosiy mahalliy bayramlardan biridir. Shu kuni hindular „Avliyo Tomas kuni“ni musiqa, raqs va rang-barang teatrlashtirilgan tomoshalar bilan nishonlash uchun shaharda toʻplanishadi. Santo-Tomas cherkovi va Paskual Aba ziyoratgohi atrofida teatr tomoshalari boʻlib oʻtadi va Chichicastenango koʻchalarida havoriy Tomas tasviri olib oʻtiladi. Bayram tantanalari mushakbozliklar va cholgʻu orkestri joʻrligida[5] davom etadi.

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir