Aymoq (qishloq)
Aymoq — Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida joylashgan qishloq. Qishloq nomi turkiy hamda moʻgʻul tillarining aralashmasi asnosida paydo boʻlgan. Qishloq moʻgʻul istilosidan soʻng vujudga kelgan. Oʻz davrida bu hududda asosan aymoq urugʻining vakillari isteqomat qilgan[2]. Qishloq nomi Zahiriddin Muhammad Bobur qoʻlyozmalarida ham tilga olinadi.
Aymoq | |
---|---|
qishloq | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Viloyat | Qashqadaryo viloyati |
Tuman | Chiroqchi |
Rasmiy til(lar)i | oʻzbek |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +998 |
Pochta indeks(lar)i | 181201[1] |
Avtomobil kodi | 30 |
Etimologiyasi
tahrirMazkur qishloq nomiga asos boʻlgan soʻz turkiy va moʻgʻul tillariga mansub boʻlib, juda qadimiy kalima hisoblanadi. Moʻgʻul tilida aymag/aymak soʻzi maʼmuriy-hududiy birlik, qabila maʼnolarini anglatadi. Shu bilan birgalikda, Afgʻonistonda koʻchmanchi tarzda hayot kechiruvchi, eroniylar yerlik aholini aymoq, choraymoq deb ham atashgan. Zahiriddin Muhammad Boburning „Boburnoma“ asarida bu hududda atrok, aymoq, aʼrob, sort, tojik va afgʻon xalqlari isteqomat qilganligi zikr etiladi. Shuningdek, Afgʻonistonda yashaydigan turkiy tilli aholini ham aymoq deb atashadi. Bugungi kunda, Fargʻona va Qashqadaryo hududida yashovchi aymoqlar oʻzlarining asl etnik mansubligini unutib, yerlik aholi bilan aralashib, ular tarkibiga singib ketishgan. Aymoq soʻzining oʻzi qishloq nomi sifatida saqlanib qolingan. Aymoq soʻzi Movarounnahr, Xurosonda koʻplab maʼnolarni anglatgan. Etnolog olim Balkis Karmishevaning olib borgan tadqiqotlariga koʻra, Qashqadaryo-Surxondaryo hududida, Turkmanistonda sodir etilgan arab istilosiga qadar oʻtgan davrni aymoq zamoni yoki aymoqi deb nomlashgan. Qashqadaryo hududidagi eng qadimiy mahalliy xalqlardan biri ham ayni aymoqlar hisoblanadi. Aymoq qishlogʻiga nom qabila nomi asosida qoʻyilgan. Sababi mazkur urugʻ qadimiy oʻtroq aholining umumiy birlikdagi atalishi ham hisoblangan[3].
Manbalar
tahrir- ↑ „Qashqadaryo viloyati pochta indekslari“. Qaraldi: 2023-yil 2-avgust.
- ↑ Nafasov, To'ra; Nafasova, Vazira. 0 ‘ZBEK TILI TOPONIMLARINING 0 ‘QUV IZOHLI LUG‘ATI. Toshkent: Yangi asr avlodi, 2007-yil — 11-bet. ISBN 978-9943-08-126-0.
- ↑ Nafasov, To'ra. Qashqadaryo qishloqnomasi. Muharrir nashriyoti, 2009-yil — 40-bet. ISBN 978-9943-354-60-9.
Havolalar
tahrir- Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi[sayt ishlamaydi]