Ayritom (ruscha: Айрытам) — Oʻzbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumaniga qarashli shaharcha hisoblanadi. 2022-yil 17-martda Chiroqchi tumani ikkiga boʻlinib yangi Koʻkdala tumani tashkil etilganda, mazkur tuman hududida saqlanib qolgan va hozirda Koʻkdala tumani tarkibidagi shaharcha. 2009-yil 13-martda Vazirlar Mahkamasining 68-sonli qaroriga asosan shaharcha maqomi berilgan[1].

Ayritom
ruscha: Айрытам
Shaharcha
39°21′40.7″N 66°11′41″E / 39.361306°N 66.19472°E / 39.361306; 66.19472 G OKoordinatalari: 39°21′40.7″N 66°11′41″E / 39.361306°N 66.19472°E / 39.361306; 66.19472 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Qashqadaryo viloyati
tuman Chiroqchi tumani
Qachondan beri shaharcha 2009
Vaqt mintaqasi UTC+5
Ayritom ruscha: Айрытам xaritada
Ayritom ruscha: Айрытам
Ayritom
ruscha: Айрытам

Etimologiyasi tahrir

Shaharcha nomi ayri va tom soʻzlarining birikishidan tarkib topgan. Qipchoq shevalarida tom soʻzi uy va hovli maʼnosida qoʻllanilgan. Ayri soʻzi esa ajralgan yoki ajratilgan maʼnosida, qishloqdan uzoqroq hududda joylashgan joy maʼnosini bergan. Umumiy qilib aytganda, Ayritom bu maʼlum bir aholi yashash hududidan alohida barpo etilgan yangi yakka hovli yoki usha yerdagi qishloq maʼnosini beradi[2].

Joylashuvi tahrir

Ayritom shaharchasi avvaliga Chiroqchi tumani tarkibida, keyinchalik 2022-yil 17-martda Chiroqchi tumani hududini ikkiga boʻlish orqali tashkil etilgan Koʻkdala tumani tarkibiga kirgan. Shaharcha Koʻkdala tumaniningning shimoliy tomonida, Nurobod tumani bilan chegaralangan qismida joylashgan. Eng yaqin aholi yashash punktlari: Koʻkdala va Yettitom (janub); Mehr, Oʻttizquloch va Oʻrtaboʻz (shimol) shaharchalaridir.

Iqlimi tahrir

Ayritom shaharchasining iqlimi keskin kontinental boʻlib, yillik oʻrtacha harorat 14,7° C. Yanvar oyining oʻrtacha harorati 2,7° C, eng past harorat —20° C ga teng. Iyul oyining oʻrtacha harorati 28° C, eng yuqori harorati 45° C ni tashkil etadi.

Yogʻin miqdori tahrir

Shaharchada vegetatsiya davri 220—230 kun davom etadi. Hududga yiliga oʻrtacha 368 mm miqdorida yogʻin tushadi.

Aholisi tahrir

Ayritom shaharchasida 1-yanvar 2013-yildagi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlarida qayd etilishicha, jami 6321 nafar aholi yashagan. 2016-yil 1-yanvarda bu koʻrsatkich 7100 nafarga yetganligini aniqlangan[3].

Manbalar tahrir

  1. POSTANOVLYeNIYe KABINYeTA MINISTROV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN 13.03.2009 g. N 68 O DOPOLNITYeLNIX MYeRAX PO SOVYeRShYeNSTVOVANIYu ADMINISTRATIVNO-TYeRRITORIALNOGO USTROYSTVA NASYeLYeNNIX PUNKTOV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN
  2. To'ra Nafasov. Qashqadaryo qishloqnomasi. Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2009-yil — 40 bet. ISBN 978-9943-354-60-9. 
  3. Soliyev A.S.; Tashtayeva S.K.; Egamberdiyeva M.M.. Shaharlar geografiyasi. Toshkent: Barkamol fayz media, 2018 — 151 bet. ISBN 978-9943-5519-4-7.