Koʻkdala tumani
Koʻkdala tumani — Qashqadaryo viloyatidagi tuman. 2022-yil 17-martda Chiroqchi tumani hududini ikkiga boʻlish orqali tashkil etilgan. Markazi — Yettitom shaharchasi[2]. Maydoni 171 ming gektar.
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Qashqadaryo viloyati |
Maʼmuriy markazi | Yettitom |
Asos solingan sanasi | 2022-yil 17-mart |
Hokim | Xurram Joʻrayev (tumanning birinchi hokimi)[1] |
Rasmiy tillar | Oʻzbek |
Aholi | 182000 |
Dinlar tarkibi | musulmonlar |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Rasmiy sayti | https://kokdala.uz/ |
Xaritada | |
39°12′0.00″N 66°10′0.01″E / 39.2000000°N 66.1666694°E |
Tarixi
tahrir2021-yil 11-oktabrda 2021-yilgi prezidentlik saylovida oʻz nomzodini koʻrsatgan Shavkat Mirziyoyev qashqadaryolik saylovchilar bilan uchrashuv vaqtida Chiroqchi tumanida aholi soni koʻpligi, transport infratuzilmasi rivojlanmagani sababli aholining tuman markaziga kelib-ketishida koʻp vaqti va mablagʻi ketayotganini aytib, tuman hududini ikkiga boʻlish taklifini bildirdi[3]. 2022-yil 2-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining yalpi majlisida Koʻkdala tumanini tashkil etish toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqildi. Majlisda yangi tashkil etiladigan Koʻkdala tumaniga Chiroqchi tumanidan 177 ming aholi yashaydigan 171 ming ga yer maydoni ajratilishi haqida kelishib olindi[4]. 2022-yilning 17-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati yigʻilishida Koʻkdala tumanini tashkil etish toʻgʻrisidagi tegishli qaror qabul qilindi[5].
Koʻkdala tumanini tashkil etishda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev soʻzlagan nutqdan parcha:
Ko‘kdala tumanini tashkil etishdan asosiy maqsad bu yerda yashaydigan 182 ming nafar aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratish, hududni iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlarimizni yangi bosqichga ko‘tarishdir[6]
Mahallalar
tahrirKoʻkdala tumani tashkil etilganida Chiroqchi tumanining quyidagi 32 mahallasi ushbu tumanga qoʻshilgan:[7][8]
- Annaruz
- Ayritom
- Baxt
- Beglamish
- Eski anhor
- Guliston
- Koʻkdala
- Naymansaroy
- Oltin boshoq
- Oltin dala
- Paxtalisoy
- Qanotli
- Qumdaryo
- Soyboʻyi
- Suvliq
- Taloqtepa
- Torjilgʻa
- Toshli
- Toʻqmor
- Umakay
- Uymovut
- Xarduri
- Xushali
- Xoʻjaobod
- Zum
- Oʻtamayli
- Gʻallakor
- Shoʻrbozor
- Shoʻrquduq
- Chiyal
- Chorvador
- Chuvulloq
Manbalar
tahrir- ↑ „Янги ташкил этилган Кўкдала туманига илк ҳоким тайинланди“. Gazeta.uz (2022-yil 19-aprel). Qaraldi: 5-iyul 2022-yil.
- ↑ Qashqadaryoda yangi tuman tashkil etildi. // Gazeta.uz (2022-yil 17-mart)
- ↑ Shavkat Mirziyoyev Chiroqchi tumanini Chiroqchi va Koʻkdala tumaniga boʻlishni taklif qildi. // Yangi Oʻzbekiston (2021-yil 11-oktabr)
- ↑ Chiroqchi tumanidan Koʻkdala tumani tarkibiga qancha yer maydoni oʻtkazilishi ochiqlandi. (Wayback Machine saytida 2022-03-07 sanasida arxivlangan) // Xalq soʻzi (2022-yil 2-mart)
- ↑ Қашқадарё вилояти Чироқчи туманининг чегараларини ўзгартириш ва Кўкдала туманини ташкил этиш тўғрисидаги масала муҳокама қилинди. (Wayback Machine saytida 2022-04-24 sanasida arxivlangan) // Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati (2022-yil 17-mart)
- ↑ „Prezident nega Ko‘kdala tumani tashkil etilgani haqida gapirdi“. Xabar.uz (2022-yil 21-aprel). Qaraldi: 5-iyul 2022-yil.
- ↑ Chiroqchining 32 ta mahallasi Koʻkdala tumani tarkibiga oʻtkaziladi. // Oyina (2021-yil 22-noyabr)
- ↑ Chiroqchi tumani hududidagi 32 ta mahalla fuqarolar yigʻinlari hududlarini yangi tashkil etilayotgan Koʻkdala tumani tarkibiga oʻtkazish haqida. // Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashi Qarori (2021-yil 18-noyabr)