Aysanem Yusupova

Oʻzbekistonlik aktrisa

Yusupova Aysanem Azatovna — oʻzbekistonlik aktrisa.

Aysanem Yusupova
Tavalludi 2-yanvar 1997-yil (1997-01-02) (27 yosh)
Fuqaroligi Qoraqalpogʻiston
Taʼlimi Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti
Kasbi Aktrisa
Mukofotlari

Hayoti

tahrir

Aysanem Yusupova 1997-yil 2-yanvarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida tugʻilgan. 2012-yil maktabni tamomlagach, Nukus Davlat Yuridik kollejida oʻqigan. 2020-yil Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining „Teatr va kino aktyorligi“ yoʻnalishi bakalavrini, 2022-yilda magistratura bosqichini tamomlagan[1][2].

Faoliyati

tahrir

Dastlab faoliyatini xonandalik bilan boshlagan. Aktrisa sifatida ilk bor 2017-yil „Maftuningman 2“ filmida bosh rolni ijro etgan. 2019-yil suratga tushgan Hilol Nasimov rejissyorligidagi „Meros“ filmi orqali keng tanilgan.

Rejissyor Akbar Bekturdiyev tomonidan suratga olingan „Oʻzbek qizi“ filmidagi bosh roli Aysanem Yusupovani xalqaro miqiyosda tanitgan. Ushbu roli uchun Rossiyada oʻtkazilgan IV Xalqaro „Lendok“ kinofestivalida va Tojikistonda oʻtkazilgan „Toji Somon“ II Xalqaro kinofestivalida „Eng yaxshi ayol roli uchun“ nominatsiyasida gʻolib chiqqan[1].

Mukofotlari

tahrir
 
Shavkat Mirziyoyev va Aysanem Yusupova taqdirlash marosimida. 2024-yil

Aysanem Yusupova 2024-yil „Kelajak bunyodkori“ medali bilan taqdirlangan[3][2].

Filmografiyasi

tahrir
Yil Film Rol
2017-yil Maftuningman 2 Qizlargul
2018-yil Hayot Lola
2021-yil Meros Oygul
2023-yil Oʻzbek qizi[4] Jamila
2024-yil Qari qiz Sitora
Pandemiya[5] Gulruh

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir