Ayyosh ibn Abu Rabi’a
Ayyosh ibn Abu Rabi’a (arab. عياش بن أبي ربيعة) Muhammad alayhissalomning hijratdan oldin Islomni qabul qilgan sahobalaridan biri edi. U Abu Jahlning onasi bir o‘gay ukasi edi.
Abu Jahl tarafidan hibsga olinishi
tahrirAyyosh Muhammad alayhissalomdan oldin Madinaga hijrat qilgan muhojirlardan edi. U Umar ibn Xattob bilan birga hijrat qilgan. Keyin Abu Jahl uni qaytarib olib kelishga qaror qiladi. Shunday qilib, u Ayyoshning onasining kasalligi haqida yolg‘on xabarni to‘qiydi. Abu Jahl ukasi Horis bilan Madinaga borib, Ayyoshga onasi kasal ekanligini va u Ayyoshning yuzini ko‘rmasdan turib, soyada o‘tirmaslikka, sochini taramaslikka qasam ichganini aytadi. Umar Ayyoshga onasining oldiga bormaslikni ta’kidlab, uni ogohlantiradi. Ammo Ayyosh hissiyotga berilib, borishga qaror qiladi. Keyin Umar agar kerak bo‘lsa, qochishga yordam bersin deb, o‘zining sog‘lom tuyasini Ayyoshga beradi. Makkaga ketayotib, yo‘lda Abu Jahl makkorlik bilan Ayyoshni bog‘lab, Makkaga olib boradi va uni qamoqqa tashlaydi[1].
Muhammad alayhissalomning duolari
tahrirAbu Hurayra (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi: “Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) namozdan so‘ng: “Yo Alloh, Ayyosh ibn Rabi’a, Salama ibn Hishom, Valid ibn Validga najot ber. Yo Alloh, zaif musulmonlarga yordam ber. Yo Alloh, zolimlarga jazo ber. Yo Alloh, ularning yillarini xuddi Yusuf (alayhissalom) yillari kabi (barakali) etgin”, deya duo qilardilar”[2].
Vafoti
tahrirAyyosh milodiy 636-yili Yarmuk jangida qatnashib, jangda shahid bo‘lgan. Ukasi Salama va jiyani Ikrima bilan birga dafn qilingan. U ona tarafdan jiyani Umar ibn Xattob xalifaligining 2-yilida vafot etgan edi. Jangdan keyin Ayyoshning amakivachchasi Xolid ibn Valid Ayyosh, Salama va Ikrimalarning qabri ustiga borib, Banu Maxzum urug‘i Ayyosh va Salama kabi boshqa ikki aka-ukani hech qachon ko‘rmaganligini aytgan.
Manbalar
tahrir- ↑ Ar-Raheeq Al-Makhtum - The Vanguard of Migration. (Wayback Machine saytida September 8, 2011, sanasida arxivlangan)
- ↑ Ar-Raheeq-al-Makhtoum.