Bělá pod Pradědem
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Bělá pod Pradědem (nemischa: Waldenburg ) Chexiyaning Olomuk mintaqasida joylashgan munitsipalitetdir. Unda 1700 ga yaqin aholi istiqomat qiladi.
Bělá pod Pradědem | |
---|---|
Munitsipalitet | |
50°7′52″N 17°12′57″E / 50.13111°N 17.21583°E | |
Mamlakat | Chexiya |
Viloyat | Olomouc |
Tuman | Jeseník |
Asos solingan | 1284 |
Maydon | 92.23 km2 (35.61 kv mi) |
Markazi balandligi | 474 m |
Aholisi (2023-01-01) |
1 741 |
Zichligi | auto kishi/km2 |
Pochta indeks(lar)i | 790 01 |
|
Maʼmuriy qismlar
tahrirMunitsipalitet Adolfovitse, Bella, Domashov va Filipovitsa qishloqlaridan iborat.
Etimologiyasi
tahrirMunitsipalitet oʻz nomini Bela daryosi yaqinidagi Praded togʻi sharafiga olgan.
Joylashuvi
tahrirBělá pod Pradědem – Jesenikdan taxminan 6 kilometr (4 mi) janubda va 60 km (37 mi) Olomouc shimoliy qismidadir. Munitsipalitet hududidan Bella daryosi oʻtadi. Munitsipalitet Xruby Jesenik togʻlarida joylashgan. Eng baland nuqtasi dengiz sathidan, 1,368 metr (4,488 ft) yuqorida joylashgan Maly Děd choʻqqisidir. Praděd munitsipal hududidan tashqarida joylashgan.
Tarixi
tahrirAdolfovitse va Domashov qishloqlari birinchi marta 1284-yilda tilga olingan. Ikkala qishloq ham 13-asrning ikkinchi yarmida, hududga egalik qilgan Vrotslav episkoplari tomonidan mustamlaka qilish davrida tashkil etilgan. Qishloqlar Nisa cherkovi gersogligi tarkibiga kiritiladi, keyinchalik Bohemian hukmronligi ostiga oʻtdi. 1772-yilda Filipov/Filippsdorf qishlogʻiga yepiskop Filipp Gottar fon Shaffgotsch, 1796-yilda Bella/Valdenburg qishlogʻiga, Jozef Kristian Frans Xohenlohe-Valdenburg-Bartenshteyn asos solgan. Ikkala qishloq ham 1848-yilda Domašov tarkibiga qoʻshilgan[1].
1850-yilda gersoglik dunyoviylashtirilib tarqatib yuboriladi va qishloqlar toʻgʻridan-toʻgʻri Bogemiyaga qoʻshildi. Birinchi jahon urushidan keyin, 1918-yildan boshlab, bu hudud Chexoslovakiya tarkibiga kirdi.
Ikkinchi jahon urushi davrida bu hudud Germaniya tomonidan bosib olingan. 1939-yil 9-oktyabrda Luftwaffe harbiy Junkers F 13 (belgisi R 37/2) Opoledan Olomoucga ketayotib, Bella pod Pradedemdagi oʻrmonga qulab tushdi. Yettita askarning barchasi halokatda vafot etadi va Domašov qabristoniga dafn etilgan[2].
Adolfovitseda bosqinchilari Stalag VIII-B/344 harbiy asirlar lagerining uchta majburiy mehnat sublagerini (E250, E334, E595) boshqargan[3]. Urushdan keyin, 1945-yilda, Beneš farmonlariga binoan, nemis aholisi quvib chiqarildi va hudud Chexoslovakiyaga qaytarildi.
Bella pod Pradědem munitsipaliteti 1961-yilda Adolfovitse va Domashov munitsipalitetlari, jumladan, Bella va Filipovitse qishloqlari qoʻshilish natijasida tashkil etilgan[4].
Demografiyasi
tahrirYil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1869 | 4 347 | — |
1880 | 4 678 | +7.6% |
1890 | 4 513 | −3.5% |
1900 | 4 109 | −9.0% |
1910 | 3 707 | −9.8% |
1921 | 3 351 | −9.6% |
1930 | 3 596 | +7.3% |
1950 | 2 096 | −41.7% |
1961 | 1 802 | −14.0% |
1970 | 1 599 | −11.3% |
1980 | 1 711 | +7.0% |
1991 | 1 736 | +1.5% |
2001 | 1 785 | +2.8% |
2011 | 1 747 | −2.1% |
2021 | 1 600 | −8.4% |
Diqqatga sazovor joylar
tahrirDomasovda ikkita cherkov mavjud. Avliyo Tomas cherkovi 1726-1730 yillarda barokko uslubida qurilgan[5]. Suvga choʻmdiruvchi Avliyo Yuhanno cherkovi kech barokko elementlariga ega neoklassik binodir[6].
Taniqli odamlar
tahrir- Yozef Odlozil (1938–1993), sportchi, Olimpiada sovrindori; shu yerda yashagan.
Qardosh shaharlar
tahrirBělá pod Pradědem egizaklar[7].
- Tułowice, Poland
Galereya
tahrir-
Adolfovitsedagi Bela daryosi.
-
Bela qishlog'i.
-
Suvga cho'mdiruvchi Avliyo Yahyo cherkovi.
-
O't o'chiruvchisi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Nejstarší historie obce“ (cs). Obec Bělá pod Pradědem. Qaraldi: 2022-yil 31-yanvar.
- ↑ „V Jeseníkách havarovala stíhačka i Dakota. Jedna z nehod dostane pomník“ (cs). iDnes (2012-yil 6-avgust). Qaraldi: 2022-yil 31-yanvar.
- ↑ „Working Parties“. Lamsdorf.com. 2020-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-may.
- ↑ „Historický lexikon obcí České republiky 1869–2011“ (cs) 1, 11, 104, 120. Czech Statistical Office (2015-yil 21-dekabr). 2018-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 28-iyun.
- ↑ „Kostel sv. Tomáše v Bělé pod Pradědem navrhl žák slavného římského architekta“ (cs). Czech Radio (2019-yil 17-iyul). Qaraldi: 2023-yil 20-may.
- ↑ „Kostel sv. Tomáše Apoštola“ (cs). National Heritage Institute. Qaraldi: 2023-yil 20-may.
- ↑ „Tułowice – partnerská obec“ (cs). Obec Bělá pod Pradědem. Qaraldi: 2022-yil 31-yanvar.
Havolalar
tahrir