Badr al-Mavid yurishi
Badr al-Mavid gʻazoti — Muhammadning Badrga uchinchi marotaba boshchilik qilgan yurishi. Zamonaviy tarixchilar tomonidan ushbu voqea 625-yilning oktyabr oyida boʻlib oʻtgan deyiladi[1], biroq boshqa birlamchi manbalarda bir nechta muqobil sanalar ham berilgan[2].
Badr al-Mavid yurishi | |||||
---|---|---|---|---|---|
| |||||
Qoʻmondonlar | |||||
Muhammad Ali |
Abu Sufyon | ||||
Kuchlar | |||||
1500 nafar askar va 10 ta otliq | 2000 nafar piyoda va 50 ta otliq |
Musulmon olimi Safiur Rahmon al-Muborakpuriyning soʻzlariga koʻra, Uhud jangidan bir yil oʻtib, musulmonlar mushriklar bilan yuzma-yuz keladi va ular oʻrtasida jang boshlanadi[3].
Uhud jangidagi magʻlubiyatdan soʻng ushbu yurishda ustun kelish musulmonlarning Arabistonda oʻz hukmronligini oʻrnatishiga sabab boʻladi. Bu narsa Qur'on oyatlaridan birida Muhammadga ushbu voqea paytida ilohiy ravishda nozil qilingan[4]. Oyatlar haqidagi voqea va maʼlumotlar „Sahihi Buxoriy“da keltirilgan[5][6].
Tarixi
tahrirWilliam Muirning soʻzlariga koʻra, ikki qarama-qarshi tomonlar Badrda toʻqnash kelgan, oʻsha yili kuchli qurgʻoqchilik boʻlib, Makka kuchlarining boshligʻi Abu Sufyon bunday vaqtda jang qilishni xohlamaydi va jangni kechiktirishga urinadi. Shunda Abu Sufyon umuman boshqa qabila vakili boʻlgan Nuam ismli kishiga musulmon qoʻshinlarini qaytarish uchun Makka qoʻshinlari haqida boʻrttirilgan yolgʻon maʼlumot berishini buyuradi. Bu xabar baʼzi musulmonlarni qoʻrqitib qoʻyadi. Biroq paygʻambar Muhammad hech narsadan qoʻrqmay, hatto bir oʻzi boʻlsa ham Badrga borishga qasamyod qiladi. Buni koʻrgan barcha musulmonlar Muhammaddan ruh oladi va natijada avvalgidan ham ikki barobar kattaroq qoʻshin toʻplanadi.
Bosqin
tahrirSealed Nectar nashrining soʻzlariga koʻra, Muhammad 1500 jangchi, 10 ta otliq va Ali ibn Abu Tolib bilan birgalikda Badrga yoʻl olgan. Abdulloh ibn Ravoha Muhammad yoʻqligida Madinani boshqarib turgan. Musulmonlar Badrga yetib borgach, u yerda mushriklarning kelishini kutgan.
Abu Sufyon qoʻshinlari 2000 nafar piyoda askarlar va 50 ta otliqdan iborat edi. Ular Makkadan bir oz uzoqlikda joylashgan Maraz-Zahronga yetib kelgani va Mijannah degan joyda qarorgoh qurgan. Abu Sufyon istaksiz, ruhi tushayotgan va yaqinlashib kelayotgan urush oqibatlaridan nihoyatda dahshatga tushgan holda oʻz qavmiga yuzlanib, yigitlarini urushdan qaytarish uchun qoʻrqoqlikka asoslangan, bemaʼni bahonalar keltira boshlaydi.
Uning qoʻshini ham xuddi oʻziga oʻxshab vahima va qoʻrquvda edi.
Oʻshanda Badrda musulmonlar 8 kun davomida dushmanlarini kutib turadilar. Mushriklar jang qilishdan bosh tortganlarida, kuchlar muvozanati musulmonlar foydasiga oʻzgarib ketadi, ular shu tariqa oʻzlarining harbiy obroʻ-eʼtiborini, qadr-qimmatini qaytarib oladilar va butun Arabistonda oʻz hukmronligini oʻrnatishga muvaffaq boʻladi.
Bosqinning nomlari
tahrirUshbu bosqinning koʻplab nomlari boʻlib, „Iikkinchi Badr“, „Oxirgi Badr“ yoki „Kichik Badr“ deb ham nomlangan.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Watt, W. Montgomery. Muhammad at Medina. Oxford At The Clarendon Press, 1956 — 340-bet.
- ↑ J. M. B. Jones (1957). "The Chronology of the "Mag̱ẖāzī"-- A Textual Survey". Bulletin of the School of Oriental and African Studies, University of London 19 (2): 250. doi:10.1017/S0041977X0013304X.
- ↑ Rahman al-Mubarakpuri, Safiur (2005), The Sealed Nectar, Darussalam Publications, 192-bet.
- ↑ Muir, William (1861), The life of Mahomet, Smith, Elder & Co, 222-bet.
- ↑ Tafsir ibn Kathir on 3:172-176 Webarxiv andozasida xato:
|url=
qiymatini tekshiring. Boʻsh., tafsir.com - ↑ Andoza:Hadith-usc