Bahouddin Qishloqiy — (XIII asr oxiri—XIV asr boshlari) muhaddis va tasavvuf shayxi, Bahouddin Naqshbandning ustozi.

Hayoti va faoliyati

tahrir

Bahouddin Qishloqiy Bahouddin Naqshbandga hadis ilmidan saboq bergan. "Naqshband ustozlari va muridlari" kitobida keltirilishicha, "Mavlono Bahouddin Qishloqiy oʻz davrining muqtadosi (rahbari), zohiriy va botiniy ilmlar bilimdoni, shuningdek, karomat sohibi boʻlganlar. Bahouddin Qishloqiyning tavallud topgan joylari "Muborak" qishlogʻidir, qaysikim, Qarshi viloyatining dahasidir. Buxoro shahridan u yergacha 12 farsax yoʻldir. U kishi ulugʻ Xoja Bahouddin Naqshbandga suhbat shayxi va hadis ilmining ustozi boʻlgan edilar". Yuqoridagi satrlar Faxriddin Ali Safiyning mashhur "Rashohotu ayni-l-hayot" kitobidan olingan. Unda Bahouddin Qishloqiyning fazilatlari, bu tabarruk zotning Bahouddin Naqshband bilan muloqotlari xususida qiziqarli maʼlumotlar berilgan. Bahouddin Qishloqiyning qabrlari "Muborak" qishlogʻidadir[1].

Adabiyotlar

tahrir

Muhammadiyev N., «Nasaf va Kesh allomalari», 61-bet.

Manbalar

tahrir
  1. Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. «Imom Buxoriy xalqaro markazi» [2016] — 511-bet.