Bahrayn 2000-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida

Bahraynlik sportchilar 2000-yilning 15-sentyabridan 1-oktyabriga qadar Avstraliyaning Sidney shahrida boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan. Ushbu musobaqa mamlakat uchun ketma-ket beshinchi Yozgi Olimpiada oʻyinlari edi. Delegatsiya tarkibida jami toʻrt nafar sportchi, jumladan, sprinter Mariam Mohamed Hadi Al Hilli, oʻrta masofaga yuguruvchi Mohamed Saleh Naji Haidara hamda qisqa masofaga suzuvchi ikki nafar sportchi Dovud Yosuf Muhammad Jassim va Fotema Hamid Gerashilar boʻlgan. Al Hili va Gerashilarning Bahrayn delegatsiyasi tarkibiga qoʻshilishi tarixda ilk marotaba Fors koʻrfazi arab davlatining Olimpiada oʻyinlariga ayol sportchilarni yuborishi edi. Toʻrttala sportchidan birortasi ham musobaqaning dastlabki saralash bosqichlaridan oʻta olmagan. Bahrayn delegatsiyasiga eng yaxshi natijalarni ikki sportchi – Haidara va Jassimlar olib kelgan. Haidara erkaklar oʻrtasida 800 metrga yugurish bahslari saralash bosqichida, Jassim esa suzish boʻyicha erkaklar oʻrtasida 100 metrga saralash bosqichida yettinchi oʻrinni egallagan. Gerashi ayollar oʻrtasida 50 metrga erkin usulda suzish bahslarida ishtirok etish chogʻida notoʻgʻri start olganligi tufayli musobaqadan diskvalifikatsiya qilingan. Al Hilli esa saralash bosqichining 100 metrga yugurish bahslarida 8-oʻrinni egallagan.

Bahrayn Olimpiada oʻyinlarida
Oʻyinlarda foydalanilgan bayroq
XOQ kodi:BRN
MOQ:Bahrayn Olimpiya qoʻmitasi
'
Sportchilar 4 nafar sportchi 2 sport turlarida
Bayroqdor Dawood Yosuf Mohamed Jassim
Medallar Oltin
0
Kumush
0
Bronza
0
Hammasi
0
Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi ishtiroki
1984  • 1988  • 1992  • 1996  • 2000  • 2004  • 2008  • 2012  • 2016  • 2020  • 2024

Tavsifi

tahrir

Bahrayn Olimpiya qoʻmitasi Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi (XOQ) tomonidan 1979-yil 1-yanvarda tan olingan[1]. Mamlakat sportchilari ilk bor 1984-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan. Sidney Olimpiadasi esa ularning ketma-ket beshinchi Yozgi Olimpiya musobaqalari boʻlgan[2]. Biroq bahraynlik sportchilarning hech biri Olimpiada medallarini qoʻlga kirita olmagan[2]. 2000-yilda Sidneyda boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlari 15-sentyabr sanasidan 1-oktyabriga qadar oʻtkazilgan[3]. Jami 199 ta Milliy Olimpiya qoʻmitalaridan umumiy hisobda 10 651 nafar sportchi musobaqalarga tashrif buyurgan[4]. Bahrayn delegatsiyasi musobaqalarga 4 nafar sportchilar jamoasini yuborgan. Delegatsiya tarkibi sprinter Mariam Mohamed Hadi Al Hilli, oʻrta masofaga yuguruvchi atlet Mohamed Saleh Naji Haidara hamda qisqa masofaga suzuvchi Dovud Yosuf Mohamed Jassim va Fatema Hamedlardan iborat boʻlgan[5]. Al Hilli va Hamidlar Fors koʻrfazi arab davlati nomidan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan ilk ayol sportchilarga aylangan[6]. Millatlar paradida Dovud Yosuf Muhammad Jassim bayroqdor boʻlgan[2].

Yengil atletika

tahrir
 
Haydara va Al-Hilli yengil atletika musobaqalarida ishtirok etgan Avstraliya stadioni

Mohamed Saleh Naji Haidara Sidney Olimpiadasi paytida 25 yoshda boʻlgan. Ushbu musobaqalar sportchi uchun ilk Olimpiada oʻyinlari edi[7]. Sportchi musobaqalarga yoʻllanmani XOQ tomonidan taqdim etiladigan wild card orqali qoʻlga kiritgan. Haidara 2000-yilning iyun oyida Chexiya poytaxti Pragada oʻtkazilgan erkaklar oʻrtasida 800 metrga yugurish bahslarida 1 daqiqa 50.57 soniyalik natijani qayd etgan. Ushbu natija musobaqaning „B“ saralash standarti normativlaridan 3.37 soniyaga sekinroq boʻlgan[8][9]. 23-sentyabr kuni erkaklar oʻrtasida 800 metrga yugurish boʻyicha birinchi davra bahslari boʻlib oʻtgan, Haidara esa ushbu davra musobaqalarida oltinchi guruhdan oʻrin olgan. Sportchi 1 daqiqa 56.64 soniya koʻrsatkichni qayd etgan holda finish chizigʻiga yettinchi boʻlib yetib kelgan va guruhdagi barcha sportchilar orasida oxirgi oʻrinni egallagan. Shuningdek, har bir saralash guruhidan eng yaxshi natijani qayd etgan 2 nafardan hamda saralash bosqichining barcha 10 ta turida eng yaxshi natijani koʻrsatgan 8 nafar atletga keyingi bosqich, yaʼni yarim final bahslarida ishtirok etishga ruxsat berilgan. Haidara dastlabki saralash bahslaridan oʻta olmagan, umumiy natijalarga koʻra eng past natijani 1 daqiqa 59.97 soniya bilan yamaykalik sportchi Marvin Watts qayd etgan[n 1][10].

Mariam Mohamed Hadi Al Hilli Sidneydagi oʻyinlar chogʻida 16 yoshda boʻlib, ushbu musobaqa sportchi uchun ilk va oxirgi Olimpiada oʻyinlari boʻlgan[11]. Mariam Mohamed Hadi Al Hilli saralash oʻyinlarida kerakli natijani qayd eta olmagan, shu sababli XOQ tomonidan taqdim etiladigan wild card orqali ayollar oʻrtasida 100 metrga yugurish bahslarida ishtirok etishga ruxsat olgan va bu borada uning otasi bilan maslahatlashgan[12]. Oʻyinlar oldidan Al Hilli shunday degan edi: „Musobaqada ishtirok etish meni haqiqatda juda ruhlantirmoqda va men vatanim uchun oʻzimning eng yaxshi natijamni koʻrsatishni istayman. Biroq shu bilan birga, gʻalaba qozonish yoʻlida bosim oʻrniga, tarix yaratish jarayoning bir qismi boʻlish hissi meni koʻproq ilhomlantirmoqda. Hech kim bizdan ushbu musobaqada gʻalaba kutayapti deb oʻylamayman, biz Bahraynning ayollar sportini qoʻllab-quvvatlash yoʻlidagi yangi harakatining bir qismi sifatida ishtirok etyapmiz“[13]. Sportchi 22-sentyabr kuni musobaqaning saralash bosqichi 8-guruhidan oʻrin oldi, biroq sportchi musobaqa jarayonida notoʻgʻri start olganligi bois shaxsiy eng yaxshi natijasi 13.98 soniyani qayd etgan holda sakkizinchi va oxirgi oʻrinni egalladi[12]. Har bir turda eng yaxshi natijalarni qayd etgan 3 nafardan sportchilar, shuningdek, barcha 10 ta turlar boʻyicha eng yuqori natijani koʻrsatgan 2 nafar atlet keyingi bosqichga yoʻl olgan, shu bois Al Hilli musobaqaning keyingi bosqichiga oʻtolmagan[14].

Kalit soʻzlar

tahrir
  • Izoh = Yugurish musobaqalaridagi o‘rinlar faqat sportchining o‘z guruhidagi (saralash) natijalarga asoslangan.
  • PB = Personal best – shaxsiy eng yaxshi natija.
Atlet Musobaqa Saralash Chorak final Yarim final Final
Natija Oʻrin Natija Oʻrin Natija Oʻrin Natija Oʻrin
Mohamed Saleh Naji Haidara Erkaklar oʻrtasida 800 metrga yugurish 1:56.64 7 Keyingi bosqichga oʻtolmagan[10]
Mariam Mohamed Hadi Al Hilli Ayollar oʻrtasida 100 metrga yugurish 13.98 PB 8 Keyingi bosqichga oʻtolmagan[15][14]

Suzish

tahrir
 
Sidney Olympic Park Aquatic markazida sportchilar Jassim va Gerashi suzish boʻyicha musobaqalarda ishtirok etgan

Sport faoliyati davomida birinchi va yagona Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etayotgan 20 yoshli Dawood Yosuf Mohamed Jassim Sidneydagi musobaqalar vaqtida Bahrayn nomidan qatnashgan eng yosh erkak sportchi edi[16]. Suzuvchiga Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etishi uchun Xalqaro suzish federatsiyasi (FINA) tomonidan maxsus yoʻllanma berilgan, chunki Dawood Yosuf tomonidan saralash musobaqalarida qayd etilgan 1 daqiqa 10 soniyalik natija erkaklar oʻrtasida 100 metrga erkin uslubda suzish boʻyicha saralash bahslari „B“ standarti normativlaridan 17.41 soniyaga sekinroq boʻlgan[17][18]. 19-sentyabr kuni boʻlib oʻtadigan birinchi bosqich saralash bahslarida Jassim 2-guruhdan oʻrin olgan[19]. Suzuvchi poygani 1 daqiqa 2.45 soniyada yakunlab, oʻz guruhida barcha sportchilar orasida yettinchi va oxirgi oʻrinni egallagan. Umumiy natijalarga koʻra, sportchi 71 nafar ishtirokchilar orasida 70-oʻrinni egallagan va bu natija bilan yarim final bosqichiga chiqa olmagan, chunki faqatgina eng yaxshi natijani qayd etgan 16 nafar sportchigagina keyingi bosqichda ishtirok etish huquqi berilgan[n 2][19].

Fotema Hamid Gerashi 2000-yilgi Sidney Olimpiadasida ishtirok etayotgan vaqtda 12 yoshda boʻlgan va Olimpiadadagi barcha ishtirokchilar orasida eng yosh sportchi hisoblangan[20]. U, shuningdek, Fors koʻrfazi arab davlatidan musobaqalarga tashrif buyurgan ilk ayol sportchi ham edi[21]. XOQ Gerashiga musobaqada ishtirok etish huquqini beruvchi maxsus wild card taqdim etgan, shundan keyin uning ota-onasi ham unga Olimpiadada ishtirok etishiga ruxsat bergan[22]. Gerashi yetti yoshidan boshlab suzish bilan shugʻullana boshlagan, keyinchalik, Bahrayn suzish assotsiatsiyasi tarkibiga qoʻshilgan[22]. Biroq mahalliy aholining musulmonchilik urf-odatlari sabab Sidney Olympic Park Aqua markazida mashgʻulotlarni boshlaguniga qadar Hamid Gerashiga erkak sportchilar bilan suzish mashgʻulotlarini olib borishi taʼqiqlangan[20]. 22-sentyabr kuni Gerashi ayollar oʻrtasida birinchi guruhda 50 metrga erkin usulda suzish bahslarida ishtirok etgan va ikki raqibiga qarshi bahs olib borgan[21]. Sportchi 51.15 soniya natija bilan 2-oʻrinni egallagan, biroq u suvga birinchi boʻlib sakramagn boʻlsa-da, rasmiylar uni start bloklarida (sportchilar poyga boshlashdan oldin oyoqlarini qoʻyadigan maxsus platforma yoki tayanch) qimirlagani uchun diskvalifikatsiya qilgan, chunki bu harakat suzishda notoʻgʻri start hisoblanadi[21][15][23]. Garchi Gerashining diskvalifikatsiyadan keyin hafsalasi pir boʻlgan boʻlsa-da, sportchi ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida shunday deydi[24]: „Bu juda ajoyib edi, lekin men bloklarda juda qoʻrqardim. Yuragim juda tez urayotgan edi. Men barcha mashgʻulotlarim haqida oʻyladim va oilamni xursand qilishga harakat qilardim“[15]. Shunga qaramasdan, Sidney Olimpiadasida ishtirok etgan suzuvchi matbuotda maqtovlarga sazovor boʻlgan, chunki uning oʻyinlardagi ishtiroki Bahrayn hukumatining sport sohasida erkaklar va ayollar oʻrtasida tenglikni targʻib qilish boʻyicha bildirilgan tashabbusining bir qismi sifatida eʼtirof etilgan[22][23][24].

Atlet Musobaqa Saralash Yarim final Final
Vaqt Oʻrin Vaqt Oʻrin Vaqt Oʻrin
Dawood Yosuf Mohamed Jassim Erkaklar oʻrtasida 100 metrga erkin usulda suzish 1:02.45 7 Keyingi turga oʻta olmagan[19]
Fatema Hameed Gerashi Ayollar oʻrtasida 50 metrga erkin usulda suzish Diskvalifikatsiya Keyingi turga oʻta olmagan[15]

Izohlar

tahrir
  1. Bir nafar yuguruvchi Mohamed Al-Kafraini dikvalifikatsiya qilingan, boshqa bir atlet Mohamed Babiker Yagoubga startga chiqishga ruxsat berilmagan[10]
  2. Ikki nafar suzuvchilar, Karim Bare va Farkhod Oripov diskvalifikatsiya qilingan, boshqa bir sportchi Fernando Scherer startga chiqmagan[19]

Manbalar

tahrir
  1. „Bahrain – National Olympic Committee (NOC)“. International Olympic Committee. 2018-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-sentyabr.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Bahrain“. Sports Reference. 2018-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-sentyabr.
  3. „Sydney 2000 Summer Olympics – results & video highlights“. International Olympic Committee. 2018-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 7-avgust.
  4. „Sydney 2000 Summer Olympics – results & video highlights“. International Olympic Committee. 2018-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 7-avgust.
  5. „Bahrain at the 2000 Sydney Summer Games“. Sports Reference. 2017-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-sentyabr.
  6. Butcher, Michael. „Fatema, 12, is a standard-bearer for Gulf women“. The Scotsman (2000-yil 11-sentyabr), s. 17. Qaraldi: 2018-yil 21-sentyabr.
  7. „Mohamed Saleh Hadj Haidara Bio, Stats, and Results“. Sports Reference. 2017-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-sentyabr.
  8. „2000 Olympic Games – Athletics Qualifying Standards“. Athletics Weekly. 2001-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 12-oktyabr.
  9. „Mohamed Saleh Haidara – Athlete Profile – Progression"“. International Association of Athletics Federations. 2018-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-sentyabr.
  10. 10,0 10,1 10,2 „Track and field results“. ESPN. Associated Press (2000-yil 23-sentyabr). 2000-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-sentyabr.
  11. „Mariam Al-Hilli Bio, Stats, and Results“. Sports Reference. 2017-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-sentyabr.
  12. 12,0 12,1 Anderson, Kelli. „Pioneering spirit: Arab women make breakthrough at Games“. CNN Sports Illustrated (2000-yil 23-sentyabr). 2001-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-sentyabr.
  13. Scardilli, Adrian. „Arab athletes are bridging the gulf“. The Sun-Herald (2000-yil 10-sentyabr), s. 108. Qaraldi: 2018-yil 21-sentyabr.
  14. 14,0 14,1 „Athletics at the 2000 Sydney Summer Games: Women's 100 metres Round One“. Sports Reference. 2017-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 7-avgust.
  15. 15,0 15,1 15,2 15,3 „Olympic Games: Diary – Beating the pain to blow the whistle“. Birmingham Post (2000-yil 23-sentyabr), s. 40. Qaraldi: 2018-yil 21-sentyabr.
  16. „Dawood Youssef Bio, Stats, and Results“. Sports Reference. 2017-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-sentyabr.
  17. „Swimming – Men's 100m Freestyle Startlist (Heat 2)"“. Sydney 2000. Omega Timing (2000-yil 17-sentyabr). 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-sentyabr.
  18. Keith. „FINA Announces Qualifying Standards for London 2012“. SwimSwam (2010-yil 25-noyabr). 2016-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 17-oktyabr.
  19. 19,0 19,1 19,2 19,3 „Thorpe helps Aussies to relay gold“. Canoe.com. Associated Press (2000-yil 19-sentyabr). 2004-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-mart.
  20. 20,0 20,1 Holt, Oliver. „Last chance for Fatima, aged 12; Swimming“. The Times (2000-yil 21-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 21-sentyabr.
  21. 21,0 21,1 21,2 Anderson, Kelli. „Pioneering spirit: Arab women make breakthrough at Games“. CNN Sports Illustrated (2000-yil 23-sentyabr). 2001-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-sentyabr.
  22. 22,0 22,1 22,2 Hayward, Paul. „Children of the pool fast-tracked into the big time“. The Daily Telegraph (2000-yil 21-sentyabr). 2016-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-sentyabr.
  23. 23,0 23,1 Holt, Oliver. „Trio of try-hards splash their way into our hearts“. The Times (2000-yil 22-sentyabr). 2001-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-sentyabr.
  24. 24,0 24,1 Hopps, David. „Debut girl falls foul of gulf in international standards“. The Guardian (2000-yil 23-sentyabr). 2016-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-sentyabr.