Balxob
Balxob, Balx (yuqori oqimida — Doragʻaz yoki Bandi Amir) — Afgʻoniston shim.dagi daryo. Uzunligi 450 km. Gʻarbiy Hindukush togʻlaridan boshlanadi. Baqtriya tekisligiga chiqqach, bir necha tarmoqqa boʻlinadi va Amudaryoga yetmasdan qumga singib ketadi. B. deltasida Mozori Sharif, Vazirobod (Balx) va b. vohalar bor.[1]