Baqtriya tekisligi
Baqtriya tekisligi – Afgoniston shim.dagi togʻ oldi tekisligi; Amudaryoning chap sohilida. Uzunligi 400 km, eng serbar joyi 140 km. Balandligi shimoli-gʻarbida 250 m dan jan.da 500 m ga yetadi. Tektonik botikda boʻlib, yer yuzasi aksari qumgil va lyosedan tarkib topgan. Iqlimi quruqsubtropik iqlim. Iyulning oʻrtacha temperaturasi ZG, yanvar oyiniki 3°. Yiliga 150–250 mm yogʻin yogʻadi. Landshafta shimda kumli choʻddan iborat; Amudaryo boʻyida toʻqay va oʻtloqlar bor. Baqtriya tekisligi janubdagi Mozori Sharif viloyatida Mozori Sharif, Tosh-qoʻrgon, Shibirgʻon, Qunduz va boshqa shaharlar joylashgan. Paxta, bugʻdoy, qand lavlagi, sholi ekiladi. Qoʻychilik, yilqichilik bilan shugʻullaniladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |