Baqtriya bugʻusi (Cervus hanglu bactrianus), shuningdek, Buxoro bugʻusi yoki Baqtriya vapiti deb ham ataladi. Baqtriya bugʻusi Oʻrta Osiyoda keng tarqalgan. U Oʻrta Osiyo qizil bugʻularining kenja turiga mansub sanaladi. Ushbu tur choʻllarda keng tarqalgan turdosh yarkand bugʻulariga (C. h. yarkandensis) oʻxshaydi.

Tavsifi tahrir

 
Baqtriya bugʻulari

Baqtriya bugʻulari tanasi odatda kulrang-sargʻish rangda, dumlari esa kulrang-oqish rangda boʻladi. Balogʻatga yetgan bugʻularning har bir shoxida beshta shoxi boʻladi.

Urgʻochi bugʻular erkak bugʻularga qaraganda biroz kichikroq boʻladi.

Baqtriya bugʻulari, xuddi Yakand bugʻulari singari kalta dumlarga ega. Bugʻu bolalari odatda, yevropalik qizil bugʻu bolalariga oʻxshab dogʻli boʻlib tugʻiladi. Ammo koʻpchiligi balogʻat yoshida dogʻlarini yoʻqotadi.

Diapazoni tahrir

Baqtriya bugʻulari Markaziy Xuroson, Rossiya Turkistonida (Gʻarbiy Turkiston), Afgʻonistonning shimolida va Tyan-Shan togʻlarining gʻarbidagi hududlarda keng tarqalgan. Baqtriya bugʻulari choʻllar va pasttekisliklarda yashaydi. Ular koʻchanchi tarzda yashamaydi. Lekin sovuqroq haroratli vaqtlarda qoʻshni choʻl hududlariga tarqalishi mumkin.

Soni tahrir

 

1999-yilga kelib Baqtriya bugʻularining umumiy soni 400 tani tashkil qilgan. Bu turning kamayib ketishiga asosiy sabab Tojikistonda harbiy mojarolar boʻlgan. Oʻshandan beri ekologik tashkilotlar bu turni saqlab qolish uchun bir qancha choralarni amalga oshirdi.

Bundan tashqari, Butunjahon tabiatni muhofaza qilish jamg'armasi Buxoro bugʻularini bir vaqtlar ular yashagan joylarga qaytarish uchun reintroduksiya dasturini amalga oshirdi. Ushbu dastur asosida Qozogʻistonning Turkiston viloyatidagi Sirdaryo-Turkiston davlat hududiy tabiat bogʻidan Oʻzbekistondagi Zarafshon qoʻriqxonasiga Baqtriya bugʻulari qaytarib olib keltirildi[1]. 2021-yilda Qozog‘istonning Balxash viloyatida ushbu turni qayta tiklash maqsadida 61 bosh Buxora bug‘ulari tabiat bagʻriga qo‘yib yuborildi[2].

Tabiatni muhofaza qilish ishlari natijasida bugʻular soni ko‘paydi. 2006-yilda Markaziy Osiyoda 1000 ga yaqin Buxoro bugʻulari aniqlangan[3].

Saqlanishi tahrir

2002-yil 16-mayda Yovvoyi hayvonlarning koʻchib yuruvchi turlari toʻgʻrisidagi konventsiya asosida Buxoro bugʻusini saqlash va qayta tiklash boʻyicha oʻzaro hamkorlik memorandumi tuzildi[4]. Buxoro bug‘ularining inson faoliyati natijasida yo‘q bo‘lib ketish xavfi borligini eʼtirof etgan holda, ushbu memorandum hukumatlar, olimlar va boshqa guruhlarga tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha olib borilayotgan saʼy-harakatlarni kuzatish va muvofiqlashtirish uchun hukumatlararo asos yaratadi.

Yirtqichlar tahrir

Odamlardan tashqari, Buxoro bugʻularini Himoloy boʻrisi (ularning eng xavfli ovchisi)[5], qoʻngʻir ayiqlar, qor qoplonlari . Yevroosiyo silovsinlari va yovvoyi choʻchqalar ham ovlashadi.

Manbalar tahrir

  1. Bulatkulova. „Kazakhstan's Natural Beauty Seen Through Eyes of Zhambyl Photographer“. The Astana Times (2022-yil 6-fevral).
  2. Asia. „Ile-Balkhash Nature Reserve Conducts Largest Release of Bukhara Deers in Its History“ (en). The Astana Times (2021-yil 18-iyul). Qaraldi: 2021-yil 27-sentyabr.
  3. „Bukhara deer released in Uzbek nature reserve“. wwf.panda.org (2007-yil 31-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 2-avgust.
  4. „Species | CMS“. Cms.int. Qaraldi: 2020-yil 2-avgust.
  5. S. Balajeid Lyngdoh; B. Habib; S. Shrotriya. "Dietary spectrum in Himalayan wolves: comparative analysis of prey choice in conspecifics across high-elevation rangelands of Asia" (PDF). Journal of Zoology. doi:10.1111/jzo.12724. https://cdn.downtoearth.org.in/library/0.69048700_1565775720_dietary-spectrum-in-himalayan-wolves.pdf. Qaraldi: 30 March 2022. Baqtriya bugʻusi]]