Pavel Baranov
Pavel Aleksandrovich Baranov (1892-yil 16-iyul, Moskva – 1962-yil 17-may, Leningrad viloyati) – sovet botaniki, oʻsimliklar morfologiyasi (embriologiyasi), anatomiyasi va biologiyasi sohasidagi mutaxassis, yovvoyi va madaniy oʻsimliklar tadqiqotchisi va botanika tarixchisi[1].
Pavel Baranov | |
---|---|
Tavalludi |
16-iyul 1892-yil Moskva |
Vafoti |
17-may 1962-yil Leningrad |
Fuqaroligi | SSSR |
Ilmiy darajasi | fan doktori |
Mukofotlari |
Biografiyasi
tahrirPavel Baranov 1892-yil 16 (28)-iyulda Moskvada Yaroslavl viloyati dehqonlari oilasida tavallud topgan. U cherkov maktabida, keyin savdo maktabida oʻqigan. Gimnaziya oʻqimgan va mustaqil ravishda imtihonga tayyorgarlik koʻrgan va 1910-yilda Moskva universiteti (1917-yil oxiridan „MSU“) yuridik fakultetga oʻqishga kirgan. Keyin 1911-yilda fizika-matematika fakultetining tabiiy fanlar boʻlimiga oʻtgan va uni 1917-yilda tugatgan. Pavel oʻqishni tugatgandan soʻng universitetda qolgan va bir vaqtning oʻzida Moskva gimnaziyasida, oʻrta maktabda (1917-1920), shuningdek, Moskvadagi RSFSR Xalq Maorif Komissarligining Yer tadqiqotlari institutida (1918) dars bergan[2].
1920—1944-yillarda Oʻrta Osiyo Davlat universitetida (1923-yilgacha – Turkiston davlat universiteti, TurkDU[3]) ishlagan, shu universitetning asoschisilaridan biri boʻlgan. 1921-1930-yillarda SAGU Botanika instituti direktori va 1928-1944-yillarda asosiy kutubxonasi direktori lavozimlarida faoliyat olib borgan. 1928-yildan Oʻrta Osiyo Davlat universiteti oʻsimliklar morfologiyasi va anatomiyasi kafedrasi professori boʻlgan. 1930-1938-yillarda Butunittifoq paxtachilik ilmiy tadqiqot instituti Sitologiya-anatomik laboratoriyasi mudiri hamda Butunittifoq paxtachilik instituti Oʻrta Osiyo filiali direktori boʻlib ishlagan (1934-1935)[4].
Baranov Oʻrta Osiyo boʻylab koʻplab botanika ekspeditsiyalarini boshqargan. Ulardan birinchisi 1921-yilda Talas Olatoviga, Gʻarbiy Tyan-Shanga (1923-1927), Darvazga (1927), Kopetdagga (1928-1929), Pomir ekspeditsiyasiga rahbarlik qilgan (1933-1943). Pomir biologik stansiyasi va Xorogdagi Pomir botanika bogʻi tashkilotchilaridan biri hisoblanadi. 1940-yilda SSSR FA Oʻzbekiston boʻlimining Toshkentdagi Botanika instituti direktori etib tayinlangan[5].
Pavel 150 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi boʻlib, ontogenez va oʻsimliklarning shakllanishi muammolari, gʻoʻza, uzumning kompleks botanikaviy tadqiqi, baland togʻli hududlarning qishloq xoʻjaligi rivojlanishi, botanika tarixi boʻyicha „Flora SSSR“ fundamental monografiyasini yaratishda ishtirok etgan.
Pavel Aleksandrovich Baranov 1962-yil 17-mayda kasallikdan tufayli 70 yoshida Komarovo qishlogʻida vafot etgan va Serafimovskoye qabristoniga dafn qilingan.
Mukofotlari
tahrirBaranov Mehnat Qizil Bayroq ordeni, Qizil yulduz ordeni hamda Lenin ordeni bilan taqdirlangan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Баранов Павел Александрович, (1892-1962), ботаник, эмбриолог, морфолог растений, член-корреспондент АН СССР“ (ru). Информационная система Архивы Российской академии наук (СПФ АРАН.Фонд 917.ИСАРАН). 2021-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-sentyabr.
- ↑ „Баранов Павел Александрович“ (ru). «Летопись Московского университета». 2017-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 21-sentyabr.
- ↑ Хуршед Юсуфбеков 2021.
- ↑ Илария Алексеевна Райкова, 1896-1981 [Текст : [ботаник]]. RGB (Nauchno-biograficheskaya seriya)
- ↑ Русские ботаники: Биографо-библиографический словарь, 1947. (Wayback Machine saytida 2017-09-21 sanasida arxivlangan)
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |