Baxtiyor Muhammadjonovich Nazarov

Baxtiyor Muhammadjonovich Nazarov (1942.2.5, Namangan viloyati Nanay qishlogʻi) — kino rassomi; Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (2000). Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti (1965) va Moskva kino sanʼati instituti (1971)ni tugatgan. "Oʻzbekfilm" kinostudiyasida bosh rassom (1983—90); ayni bir paytda Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutida teatr va kino dekoratsiyasi kafedrasi mudiri (1983—90). N. "Seni kutamiz, yigit" (1971), "Shum bola" (1976), "Oltin moʻyna" (1980), "Hayot mazmuni" (1985), "Sharif — Maʼrif" (1992), "Sharshara sehri" (ijrochi produser, 2003) va boshqa badiiy filmlar, teatr spektakllari uchun sahna bezaklari yaratdi. N. xorijiy mamlakatlar filmlariga ham dekoratsiyalar yaratgan: "Buyuk Pyotr" (AQSH, 1983), "Shaxrizodaning soʻnggi ertagi" (1983— 84), "Uch qirolning urushi" (MarokashItaliya-Ispaniya, 1989), "O, muhabbat" (Hindiston, 2001) va boshqa N., shuningdek, dastgoh rangtasvirida ham ijod qiladi: "Olim Xoʻjayev" (1973), "Lutfixonim Sarimsoqova" (1974), "Malik Qayumov" (1977) kabi portretlar; "Oʻzbekiston yoshlari", "Hindiston ayollari", "Kelinchak", "Ona" kabi turkum asarlari va boshqa [1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil