Bayanavul
Bayanavul — qishlogʻi, Pavlodar viloyati Bayanavul tumanining maʼmuriy markazi (1938-yildan buyon). Viloyat markazi Pavlodar shahridan 210 km uzoqlikda, Bayanavul togʻining janubi-sharqiy etaklarida Sabindikoʻlning yoqasida joylashgan. Qishloqqa eng yaqin temir yoʻl stansiyasi — Ekibastuz (135 km). Qishloq aholisi 5,866 kishi (2012).
qishloq | |
50°47′20″N 75°41′44″E / 50.78889°N 75.69556°E | |
Mamlakat | Qozogʻiston |
viloyat | Pavlodar viloyati |
{{{tuman_turi}}} | Bayanavul tumani |
Hukumat | |
Asos solingan | 1826 |
Aholisi (2012) |
5 866 |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Telefon kodi | +7 71840 [1] |
Pochta indeks(lar)i | 140300 [2] |
Avtomobil kodi | S, 14 |
|
Tarixi
tahrirQishloqqa 1826-yili asos solingan, 1833-1868-yillarda Bayanavul sirt okrugining maʼmuriy markazi boʻldi. Bayanavulning Qarqarali va Pavlodar shaharlari orasida joylashishi uning iqtisodiy asosini kuchaytirdi. Bu qishloqda yirik yarmarkalar oʻtkizilib turdi. Sabindikoʻl va togʻ qishloqqa ajoyib koʻrik berib turadi.
Ijtimoiy soha
tahrirBayanavulda moy zavodi, turli kombinatlar, ikkita oʻrta maktab, madaniyat uyi, Satboev muzeyi, tuman kasalxonasi, 2 dispanser, sanitar — epidemiologika stansiyasi, nashriyotlar faoliyat yuritmoqda. Qishloq aholisi Bayanavuldan viloyat markaziga va Ekibastuz shahriga, qishloqlarga avtomobil yoʻli orqali qatnaydi.