Baykal
Baykal yoki Baikal (turkiycha Boykoʻl; buryatcha: Байгал далай; moʻgʻ.: Байгал нуур) - Sharqiy Sibirning janubidagi chuchuk suvli koʻl. 456 m balandlikda joylashgan, togʻlar bilan oʻralgan. Maydoni 31,5 ming km². Uzunligi 636 km, oʻrtacha eni 48 km. Baykal dunyodagi eng chuqur (1620 m gacha) koʻl. Tektonik jarayonlar natijasida vujudga kelgan. Baykalga 336 ta daryo (shu jumladan Selenga, Barguzin, Yuqori Angara va boshqalar) quyiladi, Angara daryosi oqib chiqadi. Koʻlda 27 ta orol bor. Yanvarda muzlab, mayda muzdan boʻshaydi. Baykalda qariyb 1800 tur flora va fauna uchraydi. Baliq ovlanadi. Kema qatnaydi, yogʻoch tashiladi. Baykal sohilida Slyudyanka, Baykalsk shlari joylashgan. Listvyanka shaharchasida Rossiya Fanlar akademiyasi Sibir boʻlimining Limnologiya instituti bor. Selenga daryosining quyi oqimi Rashiduddin (1247-1318) asarida Barkoʻjin yoki Barkoʻjintoʻkum deyilgan.
Baykal | |
53°18′10″N 108°0′17″E / 53.30278°N 108.00472°E | |
Mamlakat | Rossiya |
Yuzasi | 31 500 km² |
Tushuvchi daryolar | SelengaBarguzinYuqori Angara |
Oqib chiquvchi daryo | Angara |
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |