Bayot, bayotlar — qadimgi oʻgʻuz qabilalaridan biri. Turkman tili lahjasida soʻzlashgan. 9-10-asrlarda qay qabilasi bilan birga Dashti Qipchokda yirik oʻgʻuz qabilalari ittifoqiga bosh boʻlgan. 16-asr boshida shimoliy turkman qabilalari tazyiqi ostida Bayotning katta guruhi Sharqiy Xurosondan Amudaryoning oʻrta oqimi atroflari va Qorakoʻl vohasiga (Buxoroning gʻarbida) koʻchib kelishgan. 20-asrda turkman, ozarbayjon, oʻzbek xalqlari tarkibiga kirgan. 1920-yilda Oʻzbekistonda (Qorakoʻl tumani va Buxoro atroflarida) 1460, 1924-yillarda Turkmanistonda 10,5 ming Bayot roʻyxatga olingan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil