Bayraklı — Turkiyaning Izmir viloyatiga qarashli tuman. Tumanning shimoli-gʻarbiy va shimolida Karşıyaka, sharqiy va janubiy qismida Bornova, janubiy-gʻarbida Konak tumani, gʻarbida Izmir koʻrfazi joylashgan. 5747-sonli qonunga koʻra Büyükşehir Meriyasi chegarasi ichida yangi tumanlar vujudga kelishi va baʼzi qonunlarga kiritilgan oʻzgarishlar natijasida 2008-yil 6-mart kuni Bayraklıga tuman maqomi berilgan. Bu boradagi xabar 26824-sonli Resmî Gazete hukumat gazetasida eʼlon qilingan[1].

Bayraklı
Tuman
Skyline of Bayraklı
Bayraklı
Bayroq
38°27′44″N 27°10′0″E / 38.46222°N 27.16667°E / 38.46222; 27.16667
Mamlakat Turkiya
Hukumat
 • Hokim İbrahim Süha Karaboran
Aholisi 311,524
Vaqt mintaqasi UTCUTC+03.00 (TSİ)
Avtomobil kodi 35
Bayraklı xaritada
Bayraklı
Bayraklı

Tarixi

tahrir

Izmirga asos solganlar mil. Avv.3000-yillikda Bayraklıda yashagan xalq ekanligi olib borilgan tadqiqotlar natijasida aniqlangan. Manbalar shuni taʼkidlaydiki, Tosh davriga oid ibtidoiy baʼzi manzilgohlar ham Izmir atrofida joylashgan. Qadimiy afsonalarga koʻra, Bayraklıga joylashishdan minglarcha yil avval qurilganligi taxmin qilinuvchi shahar Xudolarning qahriga uchrab zilzila yuz berishida soʻng oʻrnida koʻl paydo boʻlgan. Bu shahar Yamanlar togʻining Karagöl atroflarida joylashganligi taxmin qilinadi. Ilk Izmirlik aholining oʻz shaharlarini Bayraklıda qurganligi taxmin qilinadi. Hozirgi kunda Bayraklıga yaqin joyda topilgan Tekel Şarap Fabrikası bogʻlarining ichida joylashgan 150 km kattalikdagi Tepekule nomli bir tepa (eski nomi Hacı Mutço tepasi), bundan 5000-yil avval Luwi yoki Lelej deb atalgan eng qadimiy Izmirlik aholi tomonidan qurilgan ilk manzilgoh boʻlgan. Bundan keyingi davrlarda mil. Avv 1000-yillarda Tepekule, qoyali bir zaminga ega edi. Izmirliklar oʻz uylarini ushbu qoyali yerlar atrofida qurganlar. Megaron uslubi deya ataluvchi ushbu uylarning poydevori toshdan, tepa qismi esa gʻishtdan bunyod qilingan edi. Yer toʻshamalari va devorlari eng nafis eritmalar bilan suvalgan edi. 370 metr balandlikdagi Tepekule madaniy yodgorligi, Troya madaniy yodgorligi bilan tengdoshdir. 2009-yilda boʻlgan maʼmuriy-hududiy oʻzgarishlardan soʻng Bayraklı Karşıyaka tumanidan ajralib, alohida tuman statusiga ega boʻlgan. 2020-yil oktyabrda yuz bergan Egey Dengizi zilzilasi tumanda fuqarolar oʻlimi hamda turli vayronagarchiliklarga sabab boʻlgan[2].

Joylashuvi

tahrir

Bayraklı dengiz sathidan 30 km balandlikda joylashgan[3]. Tumanning shimoliy va shimoli-gʻarbiy qismida Karşıyaka, janubi va sharqida Bornova, janubi-gʻarbida Konak tumanlari, gʻarbida Izmir koʻrfazi joylashgan[4].

Aholisi

tahrir
Yili Aholi soni
2008 303.816[5]
2009 306.427[6]
2010 307.898[7]
2011 309.147[8]
2012 309.137[9]
2013 310.656[10]
2014 310.765[11]
2015 312.263[11]
2016 314.008[11]
2017 314.402[11]
2018 311.524[11]
2019 312.264[11]
2020 306.988[11]
2021 296.839[11]

Boshqaruvi

tahrir

Hukumat boshliqlari

Hukumat boshliqlari
Yillar Hukumat boshligʻi Partiya Ovoz foizi (%)
2019 Serdar Sandal Jumhuriyat Xalq Partiyasi 55,11
2014 Hasan Karabağ Jumhuriyat Xalq Partiyasi 44,08
2009 Hasan Karabağ Jumhuriyat Xalq Partiyasi 44,29

Infratuzilmasi

tahrir

İZBANning Bayraklı vokzali, Izmir halqa yoʻli, Bayraklıning shimolidan oʻtadi[12][13]. Tumanga borish İZBAN poyezdlari va ESHOT avtobuslari tomonidan amalga oshiriladi. Tumanda besh dona Bisim poyezdi mavjud. 2016-yildan avvalgi yillarda İZDENİZ paroxodlari Bayraklı Vapur İskelesi portiga qatnab turishgan. Izmir poyezdining M2 Yoʻnalishini Bayraklıga qadar uzaytirish rejalashtirilmoqda[14][15].

Manbalar

tahrir
  1. „"Arşivlenmiş kopya"“. 2017-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-aprel.
  2. „"Kentsel dönüşümü beklerken deprem vurdu"“. 2023-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-aprel.
  3. „"İl ve İlçe Yüz Ölçümleri“. 2023-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-aprel.
  4. „"2010 genel nüfus sayımı verileri".“. 2021-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-aprel.
  5. „"2008 genel nüfus sayımı verileri"“. 2021-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-aprel.
  6. „"2009 genel nüfus sayımı verileri".“. 2017-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-aprel.
  7. „"2011 genel nüfus sayımı verileri".“. 2021-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-aprel.
  8. „"2012 genel nüfus sayımı verileri".“. 2014-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-aprel.
  9. „"2013 genel nüfus sayımı verileri".“. 2021-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-aprel.
  10. „"2014 genel nüfus sayımı verileri"“. 2021-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-aprel.
  11. 11,0 11,1 11,2 11,3 11,4 11,5 11,6 11,7 „"Merkezi Dağıtım Sistemi"“. 2023-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-aprel.
  12. „İstasyonlar".“. 2016-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-aprel.
  13. „"Bayraklı Nüfusu - İzmir".“. 2023-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-aprel.
  14. „İZMİR BAYRAKLI NÜFUSU“. 2023-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-aprel.
  15. „"İzmir Ulaşım Ana Planı: Sonuçlar"“. 2021-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-aprel.