Begali Eshonqulov (1992-yil 6-iyun; Samarqand viloyati Ishtixon tumani Chinoq qishlogʻi) — shoir, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi axborot departamenti „Vatanparvar“ gazetasida faoliyat yuritib kelmoqda. Shoir „Men axir senman“ va „Voh“ nomli sheʼriy toʻplamlar muallifi. „Xudoni besh mahal eslamasak ham“, „Bir tush koʻrdim“, „Koʻp narsa kutmasdim toleimdan ham“, „Ish kunlarining birida“, „Marsdan qaraganda“, „Gulijon“ va boshqa sheʼrlari ushbu kitoblardan joy olgan[1]. Begali Eshonqulov 2023-yilda Shuhrat medali bilan taqdirlangan[2][3][4][5].

Begali Eshonqulov
Tavalludi 6-iyun 1992-yil (1992-06-06) (32 yosh)
Taxallusi Bek Ali
Kasbi shoir
Ijod qilgan tillari oʻzbek tili
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti
Mukofotlari

Manbalar

tahrir