Belgiya inqilobi — 1830 yildagi mojaro, janubiy provinsiyalarning Niderlandiya Birlashgan Qirolligidan ajralib chiqishiga va mustaqil Belgiya Qirolligining paydo boʻlishiga olib keldi. Niderlandiya Qirolligining asosan katoliklar qisman frankofon, qisman niderand tilida soʻzlashuvchi janubiy qismlari hukmron protestant Shimoliy provinsiyalariga qarshi norozilik bildirdilar. 1830-yil avgust va sentabr oylarida qoʻzgʻolon paytida Flamand va Vallon qismlari Niderlandiyadan ajralib chiqib, Belgiya Qirolligini tuzdilar. Lyuksemburgning faqat kichik bir qismi 1890-yilgacha Niderlandiya bilan shaxsiy ittifoqda qoldi.

Belgiya inqilobi

Sanalar 25-avgust 1830 — 12-avgust 1831
Urush yeri Belgiya
Yoʻqotishlar
Belgiya: 60,000[1]
Fransiya: 70,000 odam[2]
Niderlandiya: 50,000[1]

XIV-XVI asrlarda Shimoliy va Janubiy provinsiyalar Burgundiya Niderandiyasi, keyinchalik Ispaniya Niderandiyasi boʻlgan edi. Diniy parchalanish va sakson yillik urush davrida Kalvinist shimol Ispaniya hukmronligidan xalos boʻldi va Birlashgan Provinsiyalar Respublikasini tuzdi. 1815-yildagi Vena kongressining qarori bilan shimoliy va janubiy provinsiyalar yana Leyj yepiskopligi va Lyuksemburg Buyuk Gertsogligi bilan birgalikda Niderlandiya Birlashgan Qirolligiga birlashtirildi. Biroq, 250 yil davomida yangi qirollikning turli qismlarining madaniy, diniy va iqtisodiy rivojlanishida toʻplangan farqlar katta kelishmovchiliklarga olib keldi va bu tez orada inqilobga olib keldi.

Til siyosati tahrir

Niderland tilini oʻqitishni qoʻllab-quvvatlagan Villem I ning til va maktab siyosatiga qarshi boʻlib, Belgiyada barcha davlat maktablarini yopishga qaror qilindi. Yangi fransuz tilida soʻzlashuvchi elitaning shakllanishiga faqat Gent va Lyejdagi fransuz tilida soʻzlashuvchi universitetlar hissa qoʻshdi. Natijada, 1900-yilda armiyaga tanlashda belgiyaliklar orasida savodsizlar soni 10,1 % ni tashkil etgan boʻlsa, Niderlandiyada bu koʻrsatkich atigi 2,3 %, Fransiyada esa 4,7 % edi.

Vaqt oʻtishi bilan til mojarosi yanada kuchaydi. Niderlandiyada asosiy til sifatida niderland tilidan farqli oʻlaroq, Belgiyada fransuz tiliga urgʻu berila boshlandi. Hatto Flandriyada ham niderland tili faqat boshlangʻich maktabda oʻqitilgan, katta sinflarda darslar fransuz tilida oʻqitilgan.

Adabiyotlar tahrir

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 A Global Chronology of Conflict: From the Ancient World to the Modern Middle East, by Spencer C. Tucker, 2009, p. 1156
  2. „1830-1831 The Belgian Revolution“. Timeline Dutch History. Rijksmuseum. Qaraldi: 2016-yil 3-avgust.