Belqas
Belqas (arabcha: بلقاس) – Misrdagi Dakahliya gubernatorligining shimoli-gʻarbiy burchagida joylashgan shahar.
Belqas بلقاس | |
---|---|
31°12′52.27″N 31°21′28.73″E / 31.2145194°N 31.3579806°E | |
Mamlakat | Misr |
Gubernatorlik | Dakahliya gubernatorligi |
Maydon | 725.7 km2 (280.2 kv mi) |
Markazi balandligi | 1 m |
Aholisi (2021-yil) |
558,412 |
Zichligi | auto kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+2 |
Pochta indeks(lar)i | 35631 |
|
Etimologiyasi
tahrirShaharlarning eski nomi al-Mima va-l-Maaskar (arabcha: الميما والمعسكر)boʻlib, ehtimol, qadimgi yunoncha: φυλακῆς soʻzidan kelib chiqqan boʻlishi mumkin. Bu, shuningdek, Deyr al-Mema yoki Dayr al-Askar deb nomlangan eski Kopt monastirining hududidir[1].
Iqtisodiyoti
tahrirShahar iqtisodiyotining bir qismi Gamasa kurorti hisobiga toʻgʻri keladi. Shahar Abu Madiy mintaqasidagi tabiiy gaz konlariga ham bogʻliq. Belqas asosan qishloq xoʻjaligi hududihisoblanadi, chunki unda shakar, guruch va plastmassa ishlab chiqarish kabi sanoat faoliyatlari mavjud.
Belqas, shuningdek, avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish va qayta tiklash, transport vositalarini zavod standartlariga (ayniqsa, Peugot va Mercedes Benz uchun) qayta tiklash bilan ham shugʻullanadi.
Joylashuvi
tahrirBelqas Mansur shahri va Gamasa shaharchasi yaqinida joylashgan. Belqas Dakahliya va Kafr ash-Shayx gubernatorliklari hududida oʻrnashgan boʻlib, Sherbin, Garaida, Talxa va Gamasa markazlariga yaqin.
Qiziqarli maskanlar
tahrirBelqasda bir vaqtlar knyazlar va savdogarlar egalik qilgan qadimiy saroylar va villalar joylashgan. Belqas yurisdiksiyalaridagi ushbu sayyohlik joylaridan biri Sankt-Demiana qibtiy pravoslav monastiri hisoblanadi.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Stefan, Timm. Das christlich-koptische Agypten in arabischer Zeit, 1988 — 680-bet.