Benedikt XVI

Rim papasi

Benedikt XVI (1927.16.4, Marktl-am-Inn, Germaniya) — Rim papasi, Rim katolik cherkovi va Vatikan davlati boshligʻi. Fuqarolik nomi — Yozef Ratsinger. Myunxen universiteti huzuridagi Ilohiyot institutini tugatgach, 1951-yili ruhoniy rutbasini qabul qildi. 1952—77 yillarda Germaniyadagi oliy oʻquv yurtlarida oʻqituvchi. 1977-yildan Myunxen va Frayzing arxiyepiskopi, shuningdek, kardinal. 1981—2005 ylarda diniy taʼlimotlar boʻyicha kongregatsiya (boshqaruv organi) prefekti; ayni vaqtda Vatikan kardinallari hayʼati dekani (2002—2005). 2005-yil 19-aprelda Rim papasi va Rim katolik cherkovi boshligʻi etib saylandi hamda Benedikt XVI nomini oldi[2].

Joseph Ratzinger
Tavalludi 16-aprel 1927-yil (1927-04-16) (95 yosh)
Fuqaroligi Germaniya[1] va Vatikan shahri
Otasi Joseph Ratzinger
Onasi Maria Peintner

ManbalarTahrirlash