Beshariq
Beshariq — Fargʻona viloyatidagi shahar (1983-yildan). Beshariq tumani markazi (1958-yilgacha Beshariq qishlogʻi, 1983-yilgacha shaharcha). Fargʻona vodiysining gʻarbida. Fargʻona shahridan 130 km, yaqin temir yoʻl stansiyasi—Rapqondan 2 km. Katta Fargʻona kanali yaqinida. Aholisi 20 mingdan ziyod (2000). Shaharda momiqfkasi (1906-yildan), paxta tozalash zavodi, hunarmandchilik kombinati, tuman tashkilotlari, „Oʻzqishloqxoʻjaliktexnika“ tuman boʻlimi, traktor taʼmirlash ustaxonasi bor. Beshariq orqali Toshkent—Qoʻqon avtomobil yuli oʻtadi. Beshariqda 5 umumiy taʼlim maktabi, 4 ommaviy kutubxona, 2 klub, madaniyat uyi, 3 kasalxona, poliklinika mavjud (2000).[1]
Beshariq | |
---|---|
shahar | |
40°26′09″N 70°36′37″E / 40.43583°N 70.61028°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Fargʻona viloyati |
tuman | Beshariq tumani |
Rasmiy til(lar)i | oʻzbek tili |
Aholisi | 25 700 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +998 |
Pochta indeks(lar)i | 150300 |
Avtomobil kodi | 40 |
|
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |