Besiana Kadare — Albaniya diplomati. Kadare Albaniyaning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi Favqulodda va Muxtor vakili hisoblanadi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining 75- Bosh Assambleyasi vitse-prezidenti va Albaniyaning Kubadagi elchisi lavozimlarida ishlagan.

Besiana Kadare
Arnavutluk'un Birleşmiş Milletler 13.Daimi Delegesi
Oʻtmishdoshi Ferit Hoxha
75. Dönem Birleşmiş Milletler Genel Kurulu Başkan Yardımcısı
Küba Arnavutluk Elçisi

Ilk hayoti va taʼlimi tahrir

 
Besiananing otasi, yozuvchi Ismoil Kadare, Albaniya pochta markasida.

U yozuvchilar Helena Kadare va Ismoil Kadarening qizi[1][2][3].

Kadare Fransiyansiyaning Sorbonna Parij-IV universitetida zamonaviy adabiyotlarni oʻrganib chiqqan va shu bilan birga u zamonaviy va qiyosiy adabiyot boʻyicha magistr darajasiga ega boʻlgan.

Karyerasi tahrir

Dastlabki yillar tahrir

Kadare 2002-yildan 2005-yilgacha Nyu Yorkdagi Albaniyaninga Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi Doimiy vakolatxonasida birinchi kotib boʻlib ishlagan. U 2005-yilda Amerika Qoʻshma Shtatlari Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) bilan ishlash uchun Albaniyaga qaytib kelgan.

2008-yilda Kadare Albaniyaning Fransiyadagi elchixonasida ishlagan..2011-2016-yillarda Kadare Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha tashkiloti (YUNESKO) huzuridagi Albaniyaning Favqulodda va Muxtor elchisi doimiy vakili boʻlib ishlagan[1].

Albaniyaning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakili tahrir

Kadare 2016-yil 30-iyun kuni BMT Bosh kotibi Pan Gi Munga ishonch yorliqlarini topshirdi va shu vaqtdan beri Albaniyaning Nyu-Yorkdagi Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi Favqulodda va Muxtor doimiy vakili lavozimida ishlab kelmoqda [4]. U Albaniyaning BMTdagi 65 yillik aʼzoligi davridagi birinchi ayol elchisi. U bir vaqtning oʻzida Albaniyaning Kubadagi elchisi lavozimida ishlash uchun tayinlangan.

2017-yil oktyabr oyida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi yigʻilishida Kadare ayollarning mojarolarning oldini olish va tinchlik jarayonlariga mazmunli jalb etilishi ahamiyatsizligicha qolayotganligini aytdi. U aʼzo davlatlarni tinchlik va xavfsizlik kun tartibiga ayollarni toʻliq qoʻshishga va bu boradagi vaʼdalarini bajarishga chaqirdi[5].

2018-yilda musulmonlar koʻp boʻlgan Albaniya, katoliklar koʻp boʻlgan Italiya va yahudiylar koʻp boʻlgan Isroil bilan birgalikda Birlashgan Millatlar Tashkilotida Talmud asarining italyan tiliga birinchi tarjimasini nishonlagan tadbirga mezbonlik qildi[6]. Elchi Kadare bu yerdagi nutqida shunday dedi; „Bobil Talmud tarjimasi kabi loyihalar madaniyatlararo va dinlararo muloqotda yangi yoʻl ochadi, odamlar oʻrtasida umid va tushunish, notoʻgʻri qarashlar, stereotipik fikrlash va kamsitishlarga qarshi kurashish uchun toʻgʻri vositalarni olib keladi. Oʻylaymizki, bu orqali biz ijtimoiy anʼanalarimizni, tinchlik-osoyishtalikni, barqarorlikni mustahkamlaymiz, shuningdek, zoʻravon ekstremistik tendentsiyalarga qarshi turamiz“[7].

Kadare 2019-yil dekabr oyida keng tarqalgan genotsidni inkor etuvchi sifatida qaralgan avstriyalik yozuvchi Petir Xendkega adabiyot boʻyicha 2019-yil Nobel mukofotini berish toʻgʻrisidagi qarorni „uyatli“ deb atadi va bu Nobel jamgʻarmasini abadiy taʼqib qilishi kerakligini aytdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi vitse-prezidenti tahrir

2020-yil iyun oyida Kadare Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75- sessiyasida vitse-prezidenti etib saylandi.

Boshqa faoliyatlari tahrir

  • Birlashgan Millatlar Tashkilotining Loyiha xizmatlari boshqarmasi (UNOPS), Ijroiya kengashi raisining vitse-prezidenti.
  • Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamgʻarmasi (UNFPA), Ijroiya kengashi vitse-prezidenti.

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 Welterbestädte Südosteuropas im Spannungsfeld von Cultural Governance und okaler Zivilgesellschaft: Untersucht am Beispiel. University of Bamberg Press, 2015. ISBN 9783863093006. 19 aralık 2019da qaraldi. 
  2. Le temps qui manque: Mémoires. Fayard, 2010. ISBN 9782213661193. 19 aralık 2019da qaraldi. 
  3. Le Printemps albanais. Fayard, 2014. ISBN 9782213659572. 19 aralık 2019da qaraldi. 
  4. „Permanent Missions to the United Nations, No. 307“. United Nations DGACM. 2019. 9 Mayıs 2021da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19 Aralık 2019. {{cite magazine}}: Cite magazine requires |magazine= (yordam); sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |access-date= va |archive-date= (yordam)
  5. „Despite Growing Awareness of Urgent Need to End Sexual Violence, Empower Women in Conflict Zones, Real Progress Seriously Lagging, Security Council Told“. ReliefWeb (27 ekim 2017). 28 ekim 2017da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19 aralık 2019.
  6. „A Muslim country, Catholic country and Jewish country celebrate the Talmud together. No joke.“. Jewish Telegraphic Agency (29 ekim 2018). 11 nisan 2019da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19 aralık 2019.
  7. „Muslim country, Catholic country, Jewish country celebrate Talmud at UN. No joke“. The Times of Israel (30 eylül 2018). 30 eylül 2018da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19 aralık 2019.

Havolalar tahrir