Bilazi Shuhum
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Bilazi Shuhum – Ummon Sultonligining Ibriy shahri yaqinidagi kichik qishloq. Hudud Mohniyas tumani yaqinida, Ibriyga boradigan yoʻlda joylashgan. Qishloqda bitta maktab va jomeʼ masjidi faoliyat yuritadi.
Bilazi Shuhum | |
---|---|
Qishloq | |
23°14′8″N 56°30′12″E / 23.23556°N 56.50333°E | |
Mamlakat | Ummon |
Shahar | Ibriy |
Tuman | Mohniyas |
|
Transporti
tahrirBilazi Shuhum qishlogʻida avtobus qatnovi mavjud emas, u yerda faqatgina loy yoʻl boʻlib, ushbu yoʻl orqali mashinalar qishloqqa kirishlari mumkin.
Demografiyasi
tahrirBilazi Shuhum qishlogʻida yashovchi aholining aksariyat qismi badaviy millatiga mansub Ummon arablaridir. Shuningdek, Hindiston, Pokiston, Shri Lanka va Misrdan tashrif buyurgan oz sonli ishchilar ham bor. Aholining umumiy soni 300 nafardan oshmaydi[1].
Geografiyasi
tahrirUmmonning boshqa qismlaridan farqli oʻlaroq, bu qishloq juda yam-yashil hudud hisoblanadi, chunki bu yerda vadis deb nomlanuvchi kichik togʻ oqimlari mavjud. Togʻdan oqib keluvchi buloqlar hududda bugʻdoy yetishtirish imkonini beradi. Bilazi Shuhum qishlogʻida, shuningdek, xurmo fermalari ham keng tarqalgan.
Maʼmuriyati
tahrirBilazi Shuhum Ibriy viloyati hokimiyati tomonidan boshqariladi. Qishloqni mahalliy masalalarda keng vakolatlarga ega boʻlgan Shayx boshqaradi.
Taʼlimi
tahrirQishloqda Zeyd bin Kasob oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Oliy taʼlimda oʻqish uchun talabalar Mohniyas tumaniga boradilar.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Shared IP“. Oveemo.com. Qaraldi: 2017-yil 7-iyun.