Bilimdon mahallasi — Mirobod tumanidagi mahalla. Fayziobod, „Mustaqillik“, „Olmazor“ mahallalari bilan chegaradosh.1890-yillarda mahalla oʻrnida qamishzor boʻlgan. Toshkentning „Guliston“ mahallasidan chiqqan Sattorboyvachcha bu yerlarni oʻzlashtirib, sholi va poliz ekinlari ekib kelgan.1900-yillarda qarindosh-urugʻlari bilan uy-joylar qurib yashay boshlagan.1932-1936-yillarda ocharchilikdan qiynalagan Fargʻona vodiysidan br necha oila koʻchib kelib, hozirgi Fargʻona yoʻli boʻylab oqayotgan „Tolariq“ boʻyida joylashgan. 1966-yil Toshkent zilzilasidan soʻng bu joylarga koʻplab oilalar kooʻchib kelgan.1986 yil mahalla nomi „Bilimdon“ deb atalgan. Aholisi 3000 ga yaqin. Asosan, oʻzbeklar, shuningdek, 10 ga yaqin millat vakillari yashaydi(2009). Mahalla hududida 3 koʻcha, „Afsona“ kafesi, oziq-ovqat doʻkonlari va boshqalar mavjud.[1].

Bilimdon

Bilimdon mahallasi
Mahalla
Mamlakat O'zbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Mirobod
Aholisi
 (2009)
3 000
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998 (71)
Pochta indeks(lar)i 700001

Manbalar

tahrir
  1. Toshkent.Ensikopediya. Toshkent: Oʻzbekiston, 2009 — 122-bet.