Binafsharang astragal
Binafsharang astragal (lotincha: Astragalus centralis E. Sheldon) — Burchoqdoshlar oilasi, astragal turkumiga kiruvchi gulli o‘simlik. O‘rta Osiyoda Buxoro viloyati, qizilqum cho‘li hududida uchraydi. O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga endemik tur sifatida kiritilgan[1].
Binafsharang astragal | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Eukariotlar |
Tip: | O‘simliklar |
Sinf: | Ikki urugʻpallalilar |
Oila: | Burchoqdoshlar |
Biologik tasnifi
tahrirBalandligi taxminan 5—10 sm boʻlgan, mayin tuk bilan qoplangan, chim hosil qilib oʻsuvchi koʻp yillik oʻt oʻsimlik. Poyasi kumushrang, serbutoq, qalin, sirti ipaksimon tuklar bilan qoplangan. Bargining uzunligi 2-5 sm, 3-5 juft ellipssimon oʻtkir uchli, barglar ostki va ustki tomonlardan uzunligi 8-10 mm boʻlgan quyuq, mayin tuklar bilan qoplangan. To‘pgulining uzunligi 2,5-3 sm, ko‘pgulli, gullar zich joylashgan, yumaloq yoki tuxumsimon shaklda. Gulkosachabargining uzunligi 8—10 mm qalin, mayda, tarvaqaylagan tuk bilan qoplangan. Gultojibarglari nomiga mos holda binafsharang tusda. Mevasi mayda, bandsiz, oval shaklda, qirralari oʻtkir, poʻsti qalin. May oyida gullab, mevasi iyun oyida pishadi. Urug‘ orqali koʻpayadi.
Tarqalishi
tahrirBuxoro viloyati, Qizilqum cho‘li, Quljuqtov, Oqtov, Oqtoshli va Oyoqgʻujumdi hududlarida tarqalgan[2].
Oʻsish joylari
tahrirQoya yoriqlarida, oxaktoshli, toshli, tosh—shagʻalli, baʼzan mayda tuproqli—shagʻalli qoldiqtogʻ yonbagʻirlarida oʻsadi. Jami 1000 ga yaqin tupi borligi maʼlum. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga qizilqum cho‘lida uchrovchi endemik tur sifatida kiritilgan. O‘simlik populyatsiyalarining kamayib ketishi sababi aniqlanmagan.
Madaniylashtirish
tahrirO‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Qizilqum cho‘li stantsiyasida o‘simlikni madaniylashtirishga qaratilgan ishlar foyda bermagan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Astragalus centralis E. Sheldon“.
- ↑ O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi I qism, 2019 — 362-bet.