Birlashgan Millatlar Tashkilotining sanoatni rivojlantirish tashkiloti

Birlashgan millatlar tashkilotining sanoatni rivojlantirish tashkiloti (UNIDO) — BMTning xalqaro tashkilotlaridan biri. 1966-yilda rivojlanayotgan mamlakatlar sanoatini jadal taraqkiy ettirish va ragʻbatlantirish hamda BMTning mazkur sohasidagi faoliyatini muvofiqpashtirish maqsadida tuzilgan. Qarorgohi — Vena shahri (Avstriya)da. YUNIDOga 150 davlat aʼzo (1990). Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, unga teng huquqli aʼzo sifatida kirdi. OʻzRda bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida mazkur tashkilotning respublika sanoatini rivojlantirishga oid qator dasturlari ishlab chiqildi.

Vazifalari tahrir

UNIDOning vazifalari:

  • Sanoat boshqaruvi va statistika
  • Investitsiyalar va texnologiyalarni rag'batlantirish
  • Savdo va raqobatbardoshlikni rivojlantirish
  • Xususiy sektorni rivojlantirish
  • Agrosanoat tarmoqlari
  • Barqaror energiya boshqaruvi va iqlim o'zgarishi
  • Monreal protokoli

Ijrochi va bosh direktorlar tahrir

 
Gerd Müller (2021-yildan)
UNIDO ijrochi direktorlari
1967–1974 Ibrahim Helmi Abdel-Rahman (Misr)
1975–1985 Abd-El Rahman Khane (Jazoir)
UNIDO Bosh direktorlari
1985–1992 Domingo L. Siazon Jr. (Filippin)
1993–1997 Mauricio de Maria y Campos (Meksika)
1998–2005 Carlos Alfredo Magariños (Argentina)
2005–2013 Kandeh K. Yumkella (Syerra-Leone)
2013–2021 Li Yong (Xitoy)
2021– Gerd Müller (Germaniya)

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil