Birma Ittifoqi (bir.: မြန်မာနိုင်ငံတော် ; Myanmar Ninengantaw) — Janubi-sharqiy Osiyoda. Hindixitoy yarim orolining shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan davlat. U Hindiston, Pokiston, Xitoy. Laos va Tailand bilan chegaradoshdir. Birmaning gʻarbiy qirgʻoqlari Bengaliya qoʻltigʻi bilan oʻralgan. Maydoni 678 ming kvadrat kilometr. Aholisi 20 million 457 ming kishi. Birmaliklar mamlakat aholisining uchdan ikki qismini tashkil qilgan. Poytaxti Rangun shahri (aholisi 822 ming kishi).

Birma Ittifoqi
bir.: မြန်မာနိုင်ငံတော်
Myanmar Ninengantaw
1824–1948
Shiorသမဂ္ဂါနံ တပေါ သုခေါ (Pali)
Sa.ma.ganam ta.pau: su.hkau:
“Baxt uygʻunlik orqali”
Madhiya: ကမ္ဘာမကျေ (birmacha)
Ka.bha ma. kye
“Dunyoning oxirigacha”
Location of Birma Ittifoqi
Poytaxt Rangun
Rasmiy til(lar) Birma tili
Boshqa tillar Ingliz tili
Din
Buddizm (alsariyat; davlat dini 1961-yildan)
Etnoxoronim(lar) Birmaliklar
Hukumat federal parlament respublika
(de-yure)
Unitar hukmron partiyaviy
parlamentar respublikasi (de-fakto)
Prezident  
• 1948–1952 (birinchi)
So Shve Tay
• 1957–1962 (oxirgi)
Vin Maun
Bosh vazir  
• 1948–1956 (birinchi)
U Nu
• 1960–1962 (oxirgi)
U Nu
Qonun chiqaruvchi hokimiyat Ittifoq parlamenti
• Yuqori palata
Millatlar palatasi
• Quyi palata
Deputatlar palatasi
Tarixiy era Sovuq urush
• Mustaqillik toʻgʻrisidagi qonun
1947-yil 10-dekabr
• Tashkil etilgan
1948-yil 4-yanvar
• 1962-yil Birmada davlat toʻntarishi
1962-yil 2-mart
• Asos solingan
1948
• Tugatilgan
1962
Pul birligi Birma kyati
Avtomobil harakati Chap
ISO 3166 kodi MM
Avvalgi davlat
Keyingi davlat
Britaniya Birmasi
Birma Ittifoqi Sotsialistik Respublikasi
Hozirda hududida quyidagilar mavjud Myanma

Tabiati

tahrir

Birmaning katta qismi togʻlar va yassi togʻliklardan iborat. Togʻ tizmalari janubga tomon pasayib, daryo vodiylari kengayib, unumdor past tekisliklar hosil qiladi. Daryolar qudratli gidroenergiya manbaidir. Mamlakat issiq va tropik iqlimga ega. Oʻsimliklari asosan tropik xarakterda boʻlib, juda katta maydonlarni oʻrmonlar qoplagan. Tropik oʻrmonlarda xilma-xil palma va bambuk daraxtlari oʻsadi.

Tarixi

tahrir

Osiyodagi eng qadimgi mamlakatlardan biri boʻlgan Birma XIX asrning birinchi yarmida Angliyaning mustamlakasiga aylanib qoldi va Buyuk Britaniya imperiyasining hind mustamlakalari tarkibiga qoʻshib olindi. Shundan buyon Birma xalqi ingliz mustamlakachilarining zulmi ostida ezilib kelgan edi. Xoʻrlangan xalq oʻz ozodligi va milliy mustaqilligi uchun kurashib, mustamlakachilar ustidan gʻalaba qozondi va milliy mustaqillikka erishdi. 1948-yil 4-yanvarda Birma mustaqil respublika deb eʼlon qilindi.

Sanoati

tahrir

Birmaning iqtisodiy taraqqiyoti ingliz mustamlakachilarining hukmronligi tufayli uzoq vaqt toʻxtab qoldi. Shu sababdan foydali qazilmalar va gidroresurslarga boy Birma iqtisodiy jihatdan xam taraqqiy etgan agrar mamlakatdir. Ishga yaroqli aholining 70 foiziga yaqini qishloq xoʻjaligida band. Haydaladigan 24 million gektar yerning faqat 6,8 million gektarigagina ekin ekiladi. Qishloq xoʻjaligida mayda dehqon xoʻjaliklari bilan yirik pomeshchik yer egaligi birga qoʻshilishib ketgan. Yerni milliylashtirish va dehqonlarga boʻlib berish toʻgʻrisida 1948-yilda qabul qilingan va keyinchalik oʻzgartishlar kiritilgan qonun pomeshchiklarning 20 gektardan ortiq boʻlgan yerlarini sotib olish va dehqonlarga boʻlib berishni koʻzda tutdi. Lekin, reaksion kuchlarning qarshi harakatlari tufayli bu islohot juda sekinlik bilan amalga oshirildi, shu vaqtga qadar dehqonlarga 1,5 million akrga yaqin yer taqsimlab berildi, xolos. Shuni ham aytish kerakki, yer islohoti faqat Birmaning oʻzigagina tegishli boʻlib, Birma Ittifoqidagi boshqa muxtor davlatlarga joriy qilinmagan edi.

Asosiy dehqonchilik ekini boʻlgan sholi butun ekin maydonining uchdan ikki qismini tashkil qildi. Sholidan tashqari tariq va makkajoʻxori, texnika ekinlaridan moyli ekinlar (kunjut, yeryongʻoq), paxta va kauchuk ekildi. Mamlakat iqtisodiyotida oʻrmon xoʻjaligi katta oʻrin tutdi.

Birma sanoati past ahvolda boʻlib, mamlakat iqtisodiyotida chet el monopoliyalarining pozitsiyalari hali juda kuchli edi. “Birma korporation” kompaniyasining 50 foiz aksiyalari va mamlakatda yagona yirik neft kompaniyasi hisoblangan “Birma Oil” kompaniyasi aksiyalarining uchdan ikki qismi ingliz kapitaliga qarashli edi.

Yer osti qazilmalariga boy boʻlgan bu mamlakatda togʻ-kon sanoati ancha rivojlangan, chunki sanoatning bu tarmogʻini rivojlantirishdan chet el monopoliyalari manfaatdor edi.

Sanoatning boshqa tarmoqlari esa juda sust rivojlandi. Bir vaqtlari keng tarqalgan xususiy hunarmandchilik korxonalari ingliz fabrikalari ishlab chiqarayotgan buyumlarning raqobati taʼsirida kamayib bordi. Ishchilarning asosiy qismi neftni qayta ishlaydigan zavodlarda va togʻ-kon qazish korxonalarida band edi. Chet ellarga asosan guruch, rangli metallar rudasi, paxta va kauchuk chiqarib, chet ellardan uskunalar va transport vositalari, qora metallar, gazmollar va isteʼmol qilinadigan har xil tovarlar keltirilgan.

Davlat tuzilishi

tahrir

Ittifoq partiyasi mamlakatda hukmron partiya edi. Xalq erkinligi antifashist Ligasi 1941-yilda tuzilgan, bu partiyaga oʻng sotsialistlar rahbarlik qilgan.

Birma Kommunistik partiyasi — 1956-yilda tuzilgan boʻlib, keyinchalik ikki tashkilotga Takin Tan Tun boshchiligidagi Birma Kommunistik partiyasiga va Tan Soye boshchiligidagi Birma Qizil bayroq Kommunistik partiyasi tashkilotlariga boʻlingan. Bu har ikkala kommunistik partiyalarning faoliyati taqiqlangan boʻlib, yashirin ish olib borishga majbur boʻldi. Birma oʻzining chet el mamlakatlari bilan olib borgan munosabatlarida pozitiv neytralitet va hech qanday bloklarga qoʻshilmaslik siyosatini amalga oshirdi.

Birma bilan Sovet Ittifoqi oʻrtasida mustahkam doʻstlik munosabatlari oʻrnatilgan[1].

  1. Sarvar Azimov. Jahondagi mamlakatlar. Qisqacha siyosiy va iqtisodiy maʼlumotlar (1962) — 140--bet.