"Blade Runner 2099" Amazon Prime Video uchun Silka Luisa tomonidan yaratilayotgan Amerika ilmiy-fantastik televizion mini-seriali. Bu Blade Runner franshizasining yangi qismi boʻlib, „Blade Runner“ (1982) va „Blade Runner 2049“ (2017) filmlarining davomchisi sifatida xizmat qiladi.

Blade Runner 2099
Janri
Muallif(lar) Silka Luisa
Qaysi asarga asoslangan Blade Runner
Philip K. Dick
Rollarda
Til Ingliz
Ishlab chiqarish
Ijrochi prodyuser(lar)
Kinematografiya
Studiya(lar)
Efirga uzatilishi
Telekanal Amazon Prime Video

Rollarda

tahrir

Bosh rollar

tahrir

Mehmon aktyorlar

tahrir

Ishlab chiqarilishi

tahrir

2021-yil noyabr oyida Ridley Scott Blade Runner televizion serialining 10 ta qismi uchun dastlabki rejalar yozilganini eʼlon qildi[1]. 2022-yil fevral oyida serialning nomi Blade Runner 2099 sifatida eʼlon qilindi va u Amazon Prime Video uchun ishlab chiqilayotgan edi. Silka Luisa shouga yozuvchi va ijrochi prodyuserlik qilgan. Rivojlanish bosqichida Ridley Scott rejissyor qilishi aytilgandi[2]. Amazon loyihani 2022-yil sentyabrida mini-serial sifatida buyurtma berdi va Tom Spezialy yozuvchi ijrochi prodyuser sifatida qoʻshildi[3]. Jeremy Podeswa 2023-yil mart oyida bosh prodyuserlik qilish uchun yollangandi[4]. U 2024-yil fevraligacha rejalashtirishdagi ziddiyatlar tufayli ishdan ketadi, Jonathan Van Tulleken esa dastlabki ikkita qismga rejissyorlik qilishni oʻz zimmasiga oladi[5]. 2024-yil may oyida Michelle Yeoh Olwen rolida aktyorlar tarkibiga qoʻshildi[6]. Iyun oyida esa Hunter Schafer serialning bosh qahramoni sifatida aktyorlar tarkibiga qoʻshildi[7]. Iyul oyida Dimitri Abold, Lewis Gribben, Katelyn Rose Downey, Daniel Rigby, Johnny Harris, Amy Lennox, Sheila Atim va Matthew Needham serialning aktyorlar tarkibiga qoʻshildi[8]. Avgust oyida Tom Burke va Maurizio Lombardi serialning doimiy ishtirokchilari sifatida aktyorlar tarkibiga qoʻshildi[9].

Serial Belfastda suratga olishni boshlashga tayyorlanayotgan edi, oʻshanda 2023-yilgi WGA ish tashlashi tufayli ishlab chiqarish 2024-yilga qoldirildi[10]. Ish tashlash tugaganidan soʻng, ishlab chiqarish Shimoliy Irlandiyani butunlay tark etdi. Shimoliy Irlandiya ekran fondi tomonidan berilgan 4,1 million funt sterlingdan tahminan 1,5 million funt sterling sarflandi, ammo barcha berilga va sarflangan pul ishlab chiqarish mamlakatni tark etayotgani tufayli fondga qaytariladi[11].

Suratga olish

tahrir

Asosiy suratga olish ishlari 2024-yil may oyi boshida Chexiyaning Praga shahrida boshlangan[6][12], filmda Rob Hardy va Ula Pontikos operator sifatida ishlamoqda[13][14].

Manbalar

tahrir
  1. Ritman, Alex (November 22, 2021). „Ridley Scott Says Pilots for Blade Runner, Alien TV Spin-Offs Are Written“. The Hollywood Reporter. PMRC. November 22, 2021da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: November 22, 2021.
  2. White, Peter; Andreeva, Nellie Blade Runner 2099 Live-Action Sequel Series From Ridley Scott, Silka Luisa & Alcon In Works At Amazon Studios“. Deadline Hollywood. Penske Media Corporation (2022-yil 11-fevral). 2022-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-fevral.
  3. Lash, Jolie Blade Runner 2099 Live-Action Limited Series Gets Green Light at Amazon Studios“. TheWrap (2022-yil 15-sentyabr). 2022-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-sentyabr.
  4. Schneider, Michael (March 14, 2023). Blade Runner 2099 Series to be Directed by Game of Thrones Alum Jeremy Podeswa at Amazon“. Variety. Penske Media Corporation. March 15, 2023da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: March 14, 2023.
  5. Andreeva, Nellie Blade Runner 2099: Jonathan Van Tulleken Set To Direct As Amazon Series Gears Up For Production In New Location“. Deadline Hollywood (2024-yil 19-fevral). 2024-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 19-fevral.
  6. 6,0 6,1 Grobar, Matt „Michelle Yeoh To Star In 'Blade Runner 2099'“. Deadline Hollywood (2024-yil 7-may). 2024-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 7-may.
  7. Maas, Jennifer „Hunter Schafer Joins 'Blade Runner 2099' TV Series at Amazon Alongside Michelle Yeoh“. Variety (2024-yil 13-iyun). 2024-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 13-iyun.
  8. Whittock, Jesse; Goldbart, Max „'Blade Runner 2099': Dimitri Abold, Lewis Gribben, Katelyn Rose Downey & Daniel Rigby Join Michelle Yeoh & Hunter Schafer In Prime Video Sci-Fi Series“. Deadline Hollywood (2024-yil 2-iyul). 2024-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-iyul.
  9. Petski, Denise „'Blade Runner 2099' Prime Video Sequel Series Adds Tom Burke & Maurizio Lombardi As Recurring“ (en-US). Deadline (2024-yil 28-avgust). Qaraldi: 2024-yil 28-avgust.
  10. Meredith, Robbie. „Belfast-filmed Blade Runner series delayed“. BBC News (2023-yil 26-may). 2023-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-may.
  11. Meredith, Robbie. Blade Runner 2099 series no longer being filmed in Belfast“. BBC News (2023-yil 5-oktyabr). 2023-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  12. Geisinger, Gabriella Blade Runner 2099 series confirms it will shoot in Prague in June“. KFTV.com. Media Business Insight (2024-yil 21-fevral). 2024-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 14-iyul.
  13. „Rob Hardy Resume“. LUX Artists (2024-yil 21-avgust). Qaraldi: 2024-yil 21-avgust.
  14. „Ula Pontikos Resume“. LUX Artists (2024-yil 21-avgust). Qaraldi: 2024-yil 21-avgust.

Havolalar

tahrir