Boʻri Allamurodov

Namangan viloyati partiya qoʻmitasining birinchi kotibi, Oʻzbekiston leninchi kommunistik yoshlar ittifoqi Markaziy qoʻmitasining birinchi kotibi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasining kengashi raisi

Boʻri Allamurodovich Allamurodov (1947-yil 10-noyabr (ayrim manbalarda 10-iyul), Kofrun qishlogʻi, Boysun tumani2018-yil 29-yanvar, Oʻzbekiston) — sovet davlat va partiya arbobi[1].

Boʻri Allamurodovich Allamurodov
Namangan viloyati partiya qoʻmitasining 12-birinchi kotibi
Mansab davri
1987-yil 5-oktybar – 1990-yil 7-avgust
Oʻtmishdoshi Nazir Rajabov
Vorisi Botirali Hakimov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 10-noyabr 1947-yil
Boysun tumani
Vafoti 29-yanvar 2018-yil(2018-01-29)
(70 yoshda)
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Mukofotlari Xalqlar doʻstligi ordeni

Tarjimayi holi tahrir

Boʻri Allamurodov 1947-yil 10-noyabr[1] (baʼzi manbalarda 10-iyul)[2] Surxondaryo viloyati, Boysun tumani, Kofrun qishlogʻida tavallud topgan[1]. 1969-yilda Moskva qishloq xoʻjaligi akademiyasini, 1989-yil KPSS Markaziy qoʻmitasi qoshidagi Ijtimoiy fanlar akademiyasini tugatgan. 1972-yildan KPSS aʼzosi. Ilk mehnat faoliyatini 1962-yilda Sherobod tumanidagi „Yangiobod“ sovxozidan boshlagan[3]. 1969—1971-yillarda harbiy xizmatni oʻtagan. 1971-yildan boshlab Allamurodov Butunittifoq leninchi kommunistik yoshlar soyuzida faoliyat koʻrsata boshlaydi. Dastlab 1971-yili Oʻzbekiston leninchi kommunistik yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati qoʻmitasi instruktori, boʻlim mudiri, 1973-yildan Leninchi kommunistik yoshlar ittifoqi Markaziy qoʻmitasi boʻlim mudiri oʻrinbosari boʻlib ishlagan. 1975-yilda Oʻzbekiston leninchi kommunistik yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati qoʻmitasi birinchi kotibi etib saylanadi[1]. 1977-yilda Oʻzbekiston Kompartiyasi Surxondaryo viloyati qoʻmitasida boʻlim mudiri, 1978-yilda Ukraina Kompartiyasi Markaziy qoʻmitasida boʻlim mudiri oʻrinbosari boʻlib ishlagan[1]. 1982-yil mart oyida Oʻzbekiston leninchi kommunistik yoshlar ittifoqi Markaziy qoʻmitasining birinchi kotibi etib saylanadi. 1982-yil may oyida boʻlib oʻtgan Butunittifoq leninchi kommunistik yoshlar soyuzining 19-syezdida esa Allamurodov BLKYI Markaziy qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy qoʻmitasi aʼzoligiga saylanadi. 1985-yili Sirdaryo viloyat partiya qoʻmitasi ikkinchi kotibi[3], 1987-yil 5-oktyabrdan 1990-yil 7-avgustgacha Oʻzbekiston Kompartiyasi Namangan viloyati qoʻmitasi birinchi kotibi[4] hamda bir vaqtning oʻzida Namangan viloyati kengashi raisi boʻlgan[3][5]. 1990-yil avgustda respublika Kasaba uyushmalari kengashi raisi, sentyabr oyidan esa Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasining kengashi raisi boʻladi[1][6].

Boʻri Allamurodov 2018-yil 29-yanvar kuni 70 yoshida vafot etgan[1].

Mukofotlari tahrir

  • Mehnat qizil bayrogʻi ordeni (1981);
  • Xalqlar doʻstligi ordeni (1986).

Xotira tahrir

Hozirgi vaqtda Boʻri Allamurodov xotirasiga bagʻishlab tabdirlar oʻtkazilib kelinmoqda[7][8].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 „Prostilis s Allamurodovim Buri — pervim sekretarem SK LKSM Uzbekistana (80-x gg)“ (rus tilida) (2018-yil 31-yanvar). 2023-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-iyun.
  2. „Центральный комитет КПСС, ВКП (б), РКП (б), РСДРП (б). Историко-биографический справочник“ (rus tilida). 2023-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-iyun.
  3. 3,0 3,1 3,2 „Allamuradov Buri Allamuradovich“ (rus tilida). 2023-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-iyun.
  4. „Центральная контрольная комиссия, избранная XXVIII съездом КПСС 13.7.1990“ (rus tilida). 2023-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-iyun.
  5. „NAMANGAN VILOYATI 80 YOSHGA TO‘LDI“ (2021-yil 9-mart). 2023-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-iyun.
  6. „Постановление Съезда народных депутатов СССР от 17 декабря 1990 г. N 1845-I "Об образовании Редакционной комиссии по доработке проекта Закона о порядке отзыва народного депутата СССР"“ (rus tilida). 2023-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-iyun.
  7. „Bo‘ri Allamurodov xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan sportning shaxmat turi bo‘yicha xotira turniri“ (2021-yil 4-may). 2021-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-iyun.
  8. Qudratilla Najmiddinov. „Namangandagi xotira turnirida nuroniylar maydonga tushishdi“ (2021-yil 2-avgust). 2023-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-iyun.