Bobby Lamont Clark (2005-yil, 7-fevralda tugʻilgan) — ingliz futbolchisi, "Liverpool" klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Bobby Clark
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Bobby Lamont Clark[1]
Tavallud sanasi 7-fevral 2005-yil (2005-02-07) (19 yosh)
Tavallud joyi Epsom, Angliya bayrogʻi Angliya
Boʻyi 1.78m[2]
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Angliya Liverpool
Raqami 42
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2012-2014 Birmingham City
2014-2021 Newcastle United
2021- Liverpool
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2022- Liverpool 1 (0)
Milliy terma jamoa
2021 England U16 1 (0)
2022- England U18 3 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(27-avgust uchun)

Yoshligi tahrir

Clark Birmingham City akademiyasida otasi Lee Clark u yerda bosh murabbiy boʻlganida mashgʻulotlarda qatnashgan. Clark oilasi bilan 2014-yilda Angliyaning shimoli-sharqiga koʻchib oʻtdi. Clark mintaqadagi barcha klublarni ziyorat qilgandan soʻng, Newcastle Uniteddagi akademiyaga qoʻshilishni tanladi[3].

Klubdagi faoliyati tahrir

Clark 2021-yil avgustida „Newcastle United“dan "Liverpool" akademiyasiga ko‘chib o‘tgan[4]. Newcastle United klubiga jami 1,5 million funt sterling miqdoridagi bonuslarni hisobga olganda toʻlab berilgan[5]. U 2022-yilning fevralida oʻn yettinchi tugʻilgan kunidan soʻng qisqa vaqt ichida klub bilan professional shartnoma imzoladi[6]. Shartnoma besh yilga moʻljallangan edi va „Liverpool“ asosiy jamoa bosh murabbiyi Jurgen Kloppning shaxsiy kafolati bilan asosiy jamoaga qoʻshilishi mumkin edi[7].

2021-22-yilgi mavsumda „Liverpool“ klubining 18 yoshgacha boʻlgan jamoasida toʻp surgan Clark 23 oʻyinda 13 ta gol urgan. U shuningdek, Premyer-liga 2da ishtirok etuvchi „Liverpul“ zaxira jamoasi safida debyut qilgan[8]. 2022-yilning yozida Clark „Liverpool“ning asosiy jamoasi bilan Tailand va Singapurdagi oʻyinlar uchun Osiyo safariga joʻnab ketdi[9]. Clark BBC Sport veb-saytidagi „Wonderkids feature“da qatnashgan[10] va 2022-yil avgust oyida oʻzlarini veb-saytlarida „Five young English footballers to watch out for(5 ta yosh iqtidorli kuzatilishi kerak deb hisoblangan)“lardan biri sifatida koʻrsatilgan[11].

Clark „Liverpool“ klubining 2022-23-yilgi Premyer-liga mavsumidagi „Crystal Palace“ klubiga qarshi "Enfield"dagi birinchi uy oʻyinida foydalanilmagan zaxira futbolchisi sifatida tarkibga kiritilgan. 2022-yilning 27-avgustida Clark „Liverpool“ safida "Bournemouth" klubiga qarshi „Enfield“da 9:0 hisobida jamoasi bilan g‘alaba qozongan oʻyinda o‘zining professional debyutini o‘tkazdi[12].

2022-yil, 9-noyabrda u „Liverpool“ klubining „Enfield“da boʻlib oʻtgan EFL kubogi uchinchi bosqich doirasidagi "Derby County" klubiga qarshi oʻyinda ilk marta asosiy tarkinda maydonga tushdi[13].

Xalqaro faoliyati tahrir

Clark 2021-yil aprel oyida 16 yoshgacha boʻlgan Angliya terma jamoasi safida Uels U-16ga qarshi oʻyinda debyut oʻyinini oʻtkazgan[14].

2022-yil, 21-sentabr kuni Clark Angliya U-18 terma jamoasidagi debyutini Pinatarda Niderlandiya ustidan 1:0 hisobida jamoasi g‘alaba qozongan oʻyinda oʻtkazgan[15].

Faoliyat statistikasi tahrir

2022-yil, 9-noyabr holatiga ko'ra
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
Klub Mavsum Liga Angliya kubogi EFL kubogi Yevropa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
  Liverpool 2022-23 Premyer-liga 1 0 0 0 1 0 0 0 0 0 2 0
Karyera jami 1 0 0 0 1 0 0 0 0 0 2 0

Manbalar tahrir

  1. „2021/22 Premier League squads confirmed“. Premier League (2021-yil 10-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 5-sentyabr.
  2. „Bobby Clark“. worldfootball.net. Qaraldi: 2022-yil 28-avgust.
  3. „Bobby Clark: The Liverpool u18s recruit who scored on his debut and has been in demand since the age of nine“. The Athletic.
  4. „Liverpool set to sign Newcastle teenager Bobby Clark“. Goal.com.
  5. „LIVERPOOL USED £1.5M SALE TO SIGN BOBBY CLARK; KLOPP 'BIG ADMIRER' ALREADY“. hitc.com. 2021-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-dekabr.
  6. „Bobby Clark“. Liverpoolfc.com.
  7. „Jurgen Klopp has big plans for ex-Newcastle United kid Bobby Clark and hands him five-year contract“. Chroniclelive.co.uk (2022-yil 2-mart).
  8. „Liverpool new signings and promotions set to be unleashed as Bobby Clark takes next step“. Liverpoolecho.co.uk (2022-yil 13-avgust).
  9. „Former Newcastle United youngster Bobby Clark wins Liverpool first-team call-up“. Chroniclelive.co.uk (2022-yil 7-iyul).
  10. „Newcastle academy star Clark hits top bins in Wonderkids“. BBC Sport.
  11. „Five young English footballers to watch out for“. BBC Sport.
  12. „B.Clark“. Soccerway.com.
  13. „Kelleher's shootout saves see Liverpool scrape past Derby in Carabao Cup“. Guardian (2022-yil 9-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 10-noyabr.
  14. „ENGLAND U16 VS. WALES U16 2-3“. Soccerway.
  15. Veevers. „Late winner seals victory for MU18s over Netherlands“. England Football (2022-yil 21-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 21-sentyabr.