Bobobek
Bobobek (? taxminan 1753) - Qoʻqon xoni (1752—53). Abdurahimbiyning katta oʻgʻli. Jungʻarlar (baʼzi manbalarda qalmoqlar) 1740-yillarda Qoʻqonni qamal qilganlarida Abdulkarimbiy jiyani Bobobekni garov sifatida oq uylik qilib dushmanlarga berishga majbur boʻlgan. Bobobek Quqon yaqinidagi Qaynar degan qishloqda jungʻarlar (qalmoklar) orasida yashagan va taxminan 1752—53 yillarda Qoʻqon taxtini qalmoqlar nomidan 10 oy boshqargan. 1753-yil beklar kengashi Qoʻqon lashkarini Oʻratepani egallash uchun joʻnatishga qaror qilgan. Qoʻshin safarga otlanib Beshariqqa yetganda Bobobek oʻldirilgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |