Boboqul Yorqulovich To‘xtayev — introduktor, biologiya fanlari doktori, professor[1].

Boboqul Yorqulovich To‘xtayev
Tavalludi 1958-yil 13-oktyabr
Qiziltepa tumani Zarmetan qishlog‘i
Fuqaroligi O‘zbekiston SSR, O‘zbekiston Respublikasi
Kasbi olim, pedagog
Sohasi biologiya
Ish joylari Buxoro davlat universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Taʼlimi Samarqand davlat universitetining biologiya fakulteti
Ilmiy darajasi biologiya fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor
Tezis sarlavhasi “O‘zbekistonning sho‘r yerlarida dorivor o‘simliklar introduksiyasi” (dokorlik, 2009)

Tarjimayi holi tahrir

Boboqul To‘xtayev 1958-yil 13-oktyabrda Qiziltepa tumani Zarmetan qishlog‘ida tug‘ilgan. 1981-yilda Samarqand davlat universitetining biologiya fakultetini tugatgan. 1981-yilda Toshkent shahriga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika institutiga ishga keladi. Botanika institutida dastavval stajor-tadqiqotchi lavozimida ishlagan. 1982-yilda Navoiy viloyati Qiziltepa tumani Urug‘chilik inspeksiyasida agronom-metodist lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Boboqul To‘xtayev 1991-yilda “Shirinmiyaning sho‘r tuproqlarda o‘zlashtiruvchi o‘simlik sifatida foydalanilishi va bioekologik xususiyatlari” mavzusida fan nomzodligi uchun dissertatsiyani himoya qiladi[2]. 1992-yilda Buxoro davlat universitetida o‘qituvchi va dekan muovini lavozimlarida ishlaydi. 1993-yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi F.N.Rusanov nomidagi Botanika bog‘ining Tibbiyot botanikasi laboratoriyasida ish boshlaydi. Laboratoriyada dastlab kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim va laboratoriya mudiri lavozimlarida ishlaydi.

U 2001-yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi „Botanika“ ilmiy ishlab chiqarish markazi tashkil etilgach Botanika bog‘i direktori, 2003—2008-yillarda „Botanika“ ilmiy ishlab chiqarish markazi laboratoriya mudiri lavozimida ishlaydi. 2008-yildan boshlab „Botanika“ ilmiy ishlab chiqarish markazi bosh direktori lavozimiga tayinlanadi.

Boboqul To‘xtayev 2009-yilda „O‘zbekistonning sho‘r yerlarida dorivor o‘simliklar introduksiyasi“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qiladi. 2012—2014-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘simlik va hayvonot olami genofondi institutining direktori, keyinchalik „Dorivor o‘simliklar“ laboratoriyasining mudiri va loyiha rahbari  lavozimlarida faoliyat olib boradi. Institut qoshidagi doktorlik dissertatsiyasi himoyasi bo‘yicha ilmiy kengash a’zosi.

Boboqul To‘xtayev 120 dan ortiq maqolalar va tezislar muallifi.

Manbalar tahrir

  1. Абдуллаев А.А. ва б. Биологиядан қисқача изоҳли луғат. Тошкент: Наврўз, 2016 — 10 bet. 
  2. Мақсудов Р., Ражабов Қ. Қизилтепа тарихи. Тошкент: Тамаддун, 2015 — 208 bet.