Boburiy hukmdorlarning unvonlari
1526-yildan 1857-yilgacha Janubiy Osiyoni boshqargan Boburiy (Temuriy)[1][2] imperatorlari arab, fors va chigʻatoy (eski oʻzbek) tillarida nomlanuvchi unvonlardan foydalanganlar. Imperatorlarning oʻgʻillariga shahzoda va mirzo unvoni berilgan.
Olam Panoh/Jahon Panah/Azam Panoh
tahrirShahzoda Shoh Xurram, keyinchalik Boburiy imperator Shoh Jahon deb nomlangan (toʻliq nomi: Shahenshoh Al-Sulton al-Azam val Xaqon Al-Mukarram, Malik-ul-sultonat, Alo Hazrat Abu-Muzaffar Shahob ud-din Muhammad Shoh Jahon I, Sohib-i-qiron-i-Soniy, podishohi-Gʻoziy Zillu’lloh, Firdavs-Oshiyoniy, Shahenshah-A-sultonat Ul-Hindiyyah).
Al-Sultan-Al-Azam
tahrirAl-Sulton-Al-Azam (tarjimasi:„Buyuk yoki hokimiyatning eng qudratlisi“) Islom tarixining Abbosiylar davridan beri Muxtor hukmdorlar uchun ishlatilgan, „Azam“ esa, boshqa arabcha soʻz boʻlib, „buyuk“ yoki „eng qudratli“ degan maʼnoni anglatadi. Unvon Boburiy imperiyasining Bobur, Humoyun, Jahongir va Shoh Jahon kabi dastlabki hukmdorlari tomonidan ishlatilgan.
Podishohi Gʻoziy
tahrirPodishohi Gʻoziy (soʻzma-soʻz tarjimasi: „podshohlarning xoʻjayini“ degan maʼnoni anglatadi) koʻpincha imperator deb tarjima qilinadi, „ gʻoziy“ arabchada Islom jangchisi degan maʼnoni anglatgan.
Sohibqiron
tahrirBu imperator unvoni forscha va arabchada „Robbisining xayrli biriktirishi“' (صَاحِبِ قِرَان) degan maʼnoni anglatadi va munajjimlar bashoratida maʼlum bir bogʻlovchi mavjud boʻlgan hukmdorga ishora qiladi. Sohib – صَاحِبِ „hamroh/doʻst“ degan maʼnoni anglatadi va qirān – قِرَان „ikki samoviy jismning qoʻshilishi“ maʼnosi bildirib, qarn – قَرْن soʻzining koʻpligidir (adabiy maʼnosi: 'bogʻlanish – ikki yoki undan ortiq narsaning qoʻshilish nuqtasi').
Bu unvon islom hukmdorlari orasida Boburiylar va Mamluklardan boshlangan va temuriylar davrida yanada rivojlangan uzoq va rang-barang tarixga ega. Boburiy (Temuriy) imperatorlari Shoh Jahon va Akbarshoh II oʻzlarini SohibQiron-i Soniy - deb atashgan. Ushbu unvonning ilk sohibi Iskandar Zulqarnayn boʻlgan deb taxmin qilinadi. Lekin bu maqom bir vaqtning oʻzida Ibn Xaldun tomonidan ilk marotaba sohibqiron sifatida tasvirlangan Boburiylarning avlodi Amir Temurga nisbatan aytilgan. Amir Temur bu unvonni oʻzi qoʻllamagan, ammo uning vorislari hukmronlik yillarida saroy tarixchilari bu unvonni muntazam ravishda unga va uning vorislariga nisbatan qoʻllaganlar.
Shahanshoh
tahrirHukmdorlik unvoni Shahanshah (شاهنشاه) forsiy soʻzi „Shoh“ yoki „Shohlarning shohi“ degan maʼnoni anglatadi.
Zillullah
tahrirẒillu’llah (ظِلُّ ٱلله) arabcha soʻz iborasi boʻlib, „Xudoning (Alloh – الله) soyasi“, soʻzma-soʻz esa „Allohning panohi“ degan maʼnoni anglatadi.
Firdavs Oshiyoni
tahrirFirdavs Oshiyoni (فِرْدَوس آشِيَانَه) asosan imperatorlarga oʻlimidan soʻng berilgan. „Makoni Jannat“ (Jannatda yashovchi) maʼnosini beradi.