Bodomnaqsh turi; tuzilishi bodom mevasi shakliga oʻxshash. "B. gul", "naqshi B.", "qalampirgul" deb ham ataladi. Sharq, jumladan Oʻrta Osiyo, Old va Jan. Osiyo mamlakatlari amaliy sanʼati (kandakorlik, miskarlik, naqqoshlik, kashtadoʻzlik, matoga gul bosish va boshqalar)da keng tarqalgan. Bu naqsh miskarlik, ayniqsa, doʻppidoʻzlikda keng ishlatiladi, toʻqimachilikda bu naqsh mujassamoti kashmiriy deb yuritiladi. B. nusxa doʻppilar orasida xususan Chuyet doʻppilari mashhur.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil