Bog'iston mahallasi (Uchtepa tumani)
Bogʻiston mahallasi (14-mavze guzari, 6-a uy) — Uchtepa tumanidagi mahalla. „Bogʻobod“, „Koʻhna Choʻponota“ mahallalari, Chilonzor tumanidagi sport internati bilan chegaradosh. 1966-yildagi zilziladan soʻng qurilgan. 1992-yilda Bogʻiston mahallasi tashkil etilgan. Aholisi 8656 kishi, asosan, o'zbeklar, shuningdek, 20 dan ortiq millat vakillari yashaydi (2009). Mahalla xududida 44 koʻp qavatli uylar, 2 ta bolalar bogchasi, „Bogʻiston-non“ qoʻshma korxonasi, oʻrta maktab, poliklinika, aloqa boʻlimi va 25 dan ortiq doʻkon, dorixona, sartaroshxona va turli savdo shoxobchalari mavjud[1].
Bog'iston Bog'iston mahallasi | |
---|---|
Mahalla | |
Mamlakat | O'zbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman | Uchtepa |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +998 (71) |
Pochta indeks(lar)i | 700106 |
Avtomobil kodi | 01 |
Manbalar
tahrir- ↑ Toshkent.Ensikopediya. Toshkent: Oʻzbekiston, 2009 — 147-bet.